So’nggi yangiliklar

09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  1 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  2 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  9 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  3 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  15 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  4 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  8

"Lans"ning bir bo'lagi bo'lganimdan faxrlanaman. Abduqodir Husanov "Lans" va uning muxlislari bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Lans"ning bir bo'lagi bo'lganimdan faxrlanaman. Abduqodir Husanov "Lans" va uning muxlislari bilan xayrlashdi

Faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradigan Abduqodir Husanov sobiq jamoasi "Lans" bilan xayrlashdi.

Aziz do'stlar,


Yuragimda alohida o'rin tutgan va Evropadagi ilk katta sarguzashtim bo'lgan "Lans" jamoasi bilan xayrlashish vaqti keldi.


Franciya va Lans shahriga samimiy qabul uchun katta rahmat! Franciya menga eshiklarini ochdi, francuzlar menga mehribon edi. Buning uchun sizlarga rahmat. Franciya – imkoniyatlar mamlakati, menga francuz madaniyati, francuz tili va albatta francuz futboli juda yoqdi.


O'tgan bir yarim yil davomida meni qo'llab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorlik bildiraman. Uill Still boshchiligidagi hozirgi va Frenk Ez boshchiligidagi oldingi murabbiylar shtabiga ishonch va rivojlanishimdagi hissalari uchun katta rahmat.


Jamoadoshlarimga tashakkur. Birinchi kundanoq mehr bilan qarshi olib, moslashishga yordam berdingiz. Sizlar tufayli maydonda ham, maydon tashqarisida ham o'zimni uydagidek his qildim.


Stadion va mashg'ulot bazasidagi xodimlarga, ishchilarga ham rahmat. Va, albatta, "Lans"ning ajoyib muxlislariga katta rahmat. Siz jamoangiz uchun hamma narsaga tayyor bo'lgan haqiqiy armiyasiz. Bizni olg'a etakladingiz, so'nggi nafasimizgacha tinmay qo'llab-quvvatladingiz.


Faoliyatimda meni yangi sinov kutib turibdi, lekin bu erda boshdan kechirganlarimni hech qachon unutmayman. "Lans" doimo yuragimda qoladi va mening bir qismim hamisha "Sang et Or" ("qon-oltin" – "Lans"ning laqabi – tahr.) bo'lib qoladi.


"Lans"ning bir bo'lagi bo'lganimdan faxrlanaman

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика