Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi debyuti...

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2025, 00:33
20 yanvar kuni "Manchester Siti" Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Husanov yangi jamoasida 45 raqam ostida to'p tepadi.

Abduqodirning "Manchester Siti"dagi debyuti 25 yanvar kuni bo'lishi mumkin. O'sha kuni "shaharliklar" "Etixad"da "Chelsi"ni qabul qiladi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, "Manchester Siti" bu transfer uchun "Lans"ga 45 mln. evro va bonus sifatida yana 5 mln. evro to'laydi.

Abduqodir Husanov Manchester klubi bilan 4,5+1 yillik sxemasidagi bitimni imzolagan.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov Football Group agentligining mijozi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia