Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi birinchi intervyusi
20 jan 23:54
Yangiliklar
Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi birinchi intervyusi
- Qodir, "Manchester Siti"ga xush kelibsiz. Endilikda bizning futbolchilardan biri bo'lish qanday ekan?
- Bu jamoaga qo'shilganimdan juda xursandman. "Manchester Siti" dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri, bu erga sovrin yutish uchun keldim.
- Ayni damda "Siti"ga o'tish siz uchun to'g'ri qadamligiga nima ishontirdi?
- "Manchester Siti" eng yirik jamoalardan biri. Gvardiola - jahonning eng yaxshi murabbiylaridan. SHu sabab keldim.
- Faoliyatingiz yo'li haqida aytib bera olasizmi?
- Bolalikdagi birinchi jamoam "ToshKuch" bo'lgan. U erdan "Bunyodkor" akademiyasiga o'tganman. Akademiyadan so'ng professional futboldagi ilk klubim Belarus jamoasi bo'lgan. 18 yoshimda u erdan Franciyaga, bugun esa "Manchester Siti"ga o'tdim.
- Nega 45 raqamni tanladingiz? Oldin ham ushbu raqamda o'ynagansiz, u siz uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadimi?
- Professional futbolni Belarusda 45 raqam ostida boshlaganman. SHu sababli bu raqamni oldim.
- Siz tez o'sishga muvaffaq bo'ldingiz. Xabarlarda ko'plab jamoalar sizga qiziqish bildirganini yozishdi. SHuncha jamoalar turganda, nega aynan "Siti"ni tanladingiz?
- Oldinroq aytdim, eng yaxshi jamoa, eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi chempionat.
- O'tgan yili yoki undan oldin "Manchester Siti" o'yinlarini ko'rishga imkoningiz bo'lganmi? Nima deb o'ylaysiz, qanday futbol namoyish etamiz?
- O'yini zo'r, boshqacha, hammanikiga o'xshamaydi.
- Pep Gvardiola qo'l ostida ishlash siz uchun qanchalik muhim? Bu "Siti"ni tanlashda asosiy rolni o'ynadimi?

- CHunki doimo eng yaxshisini tanlaganman. Men yaxshilar bilan ishlash uchun keldim.
- Yangi mamlakat, yangi liga... Hayotingizdagi yangi chaqiruvlar sizni hayajonlantiryaptimi? CHunki juda yoshsiz, 20 yoshdasiz.
- Men har doim qiyinchilik bilan kelganman. Hech narsada to'xtash yo'q.
- Siz Premer-liga tarixidagi birinchi o'zbek futbolchisi bo'lasiz. Bu siz va oilangiz uchun juda faxrli onlar bo'lsa kerak. Uyingizdagilarning reakciyasi qanday bo'ldi?
- Bu nafaqat men uchun, balki butun O'zbekiston uchun (katta muvaffaqiyat). Men Angliya Premer-ligasidagi birinchi o'zbekman. Bu hali boshlanishi, o'zbeklar ko'p kelishadi...
- O'zbekiston terma jamoasi hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan. Biroq 2026 yildagi mundialda ishtirok etishga yaqin turibsiz. Bizga mamlakatingizdagi futbol va u qanday o'sayotgani haqida qisqacha gapirib bera olasizmi?
- O'zbekistonda futbolga etibor juda katta. SHu sabab hamma mundialda ishtirok etishimizga ishonishmoqda. Bir qadam qoldi...
- Otangiz ham professional futbolchi bo'lgan. U sizning faoliyatingizga qanchalik tasir ko'rsatgan?
- Dadamning futbol o'ynashini ko'rib, menda ham qiziqish paydo bo'lgan. Borganman... Hozirgi darajamga etishimga dadamning hissasi katta. Har bir o'yin va mashg'ulotdan so'ng xatolarni muhokama qilamiz.
- So'nggi savol. "Siti" futbolchisi va Abduqodir Husanov sifatida bu mavsumdagi maqsadlaringiz qanday?
- Bu erga o'sish va sovrin yutish uchun keldim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar