So’nggi yangiliklar

03:30Буффон ва Доннарума дарвозаларига гол урган ҳамда Ўзбекистонга қарши ўйнаган "Нефтчи"нинг янги легионери билан танишамиз  3 03:15АПЛ. ​Ван Дейкнинг голи "Ливерпул"га "Сандерленд" устидан ғалаба тақдим этди  5 02:50Германия кубоги. "Бавария" "Лейпциг"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  0 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" "Фулхэм"ни йирик ҳисобда таслим этди. Ҳусанов иккинчи бўлимда майдонга туширилди  27 01:50"Локомотив" Анталиядаги бешинчи назорат ўйинида ғалаба қозонди  0 00:56Влаховичга "Барселона", "Бавария" ва "Милан" қизиқиш билдирмоқда  2 00:33Винисиус 2025 йил охирида депрессиядан қийналаётган Араухога қўнғироқ қилган  3 00:09"Тоттенхэм" "Реал" ҳимоячисини трансфер қилиш бўйича музокараларни бошлади  2 23:35Бубаня "Металлург" ихтиёрига етиб келди  1 23:07"Тоттенхэм"ни бошқариш учун номзодлар маълум  4 22:40ОКМК назорат ўйинида "Ротор"га ютқазди  0 22:13"Барса" президентлигига номзод Виктор Фонт: "Клубнинг "Реал" эмас, Месси билан алоқани узганини кечириб бўлмайди"  9 21:28ОЧЛ 2. Туркманистонга юлдузларсиз борган "Ал Насср" "Аркадағ"ни мағлубиятга учратди  10 21:05Эшитдик-да! "Нефтчи"нинг легионер ҳужумчиси "Қўқон-1912"га ўтишга яқин  12 20:38Тарихда шу кун. Ўзбекистон - Баҳрайн 0:1, Нестеров йиғлаган оқшом  7

Myunxen fojiasiga 68 yil to'ldi Yangiliklar

Myunxen fojiasiga 68 yil to'ldi

1958 yil 6 fevral... Bu sanani nafaqat "Manchester Yunayted" muxlislari, balki butun futbol ahli qayg'u bilan eslaydi.

O'sha kuni "Manchester Yunayted" jamoasi, jurnalistlar va muxlislarni o'z bortiga olgan samolyot Myunxen aeroportidan ko'tarilish vaqtida halokatga uchradi... Samolyotdagi 43 kishidan 23 nafari halok bo'ldi... 

Bundan bir kun oldin "Manchester Yunayted" Belgradda maxalliy "Red Star" (Crvena Zvezda) jamosiga qarshi o'ynagan va g'alaba qozonib, Evropa Chempionlari Kubogi bahsining yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Jamoani uyiga olib ketayotgan samolyot Myunxen aeroportiga yonilg'i to'ldirish uchun qo'ngandi...

Halokatdan omon qolganlardan biri – Bill Foulks shunday xikoya qiladi:

"Samolyotning orqa qismi yo'q edi. Men yugurgancha tashqariga chiqdim. Nima bo'lganini tushunmasdan faqat oldinga qarab yugurardim. Keyin ortga qaradim va samolyot portlamasligiga amin bo'lgach, orqaga qarab yugura boshladim. Rojer Bern o'z o'rindig'iga ximoya bog'ichi bilan bog'langan edi, boshqa o'rindiqda esa Bobbi Charlton qimirlamasdan yotardi. Keyin Gari Gregg paydo bo'ldi va biz ikkimiz muhtojlarga yordam bera boshladik. Ikki jamoadoshimiz og'ir jaroxatlangan Mett Basbini tashqariga olib chiqishdi. Bobbi Charlton ham hushiga kelib, bizga qarasha boshladi. Xamma jarohatlanganlarni Myunxendagi "Rechc de Isar" kasalxonasiga olib ketishdi. Biz halokatning qay daraja dahshatli ekanligini ertasi kunigina xis qildik.

Palataga kirganimizda kislorod maskasi tagida yotgan Mett Basbini, og'ir jarohatlangan Dunkan Edvardsni, boshi bog'langan Bobbi Charltonni, qo'llari bint bilan bog'langan Jeki Blanchflauerni ko'rdik.

Albert Skanlon ko'zlarini yumgancha jim yotardi. Rey Vud kontuziya xolatida, Kenni Morgans va Jonni Berri xam o'rinlaridan qimirlay olishmasdi. Men hamshira bilan do'stlarimning holati haqida biroz gaplashdim va palatadan chiqa turib, "Qolganlarni kachon ko'rsam bo'ladi?", deb so'radim. Hamshira javob berish o'rniga ko'zini olib qochdi. Men yana: "Qolganlar qani?", deb so'radim. Shunda hamshira: "Qolganlar? Qolganlar yo'q, xamma mana shu palatada yotibdi", deb javob berdi. Ana shu javobdan keyingina biz sodir bo'lgan halokat dahshatini to'liq xis qildik. Basbi bolalari endi yo'q edi.

Rojer Bern, Jeff Bent, Mark Jons, Devid Pegg, Liam Uilan, Eddi Kolman va Tommi Teylor o'sha zaxotiyoq halok bo'lishdi. Jamoa kotibi Uolter Krikmer, murabbiylardan Tom Karri va Bert Volley ham omon qolmadi. Dunkan Edvards va Jonni Berri og'ir jaroxat olib, o'lim to'shagida yotishardi. Mett Basbi ko'p sonli jarohatlardan azob chekardi. U safarga chiqqan jamoa boshqaruvidagilardan omon qolgan yagona kishi edi. O'lim bilan olishib yotganlardan ikki nafari hayotga qaytdi. Dunkan Edvards va Kenett Reyment kasalxonada jon berdi".

Mett Basbining yaqin do'sti va assistenti Jimmi Merfi xikoya qiladi: 

"Safarga chiqqanimizda men har doim Mett bilan birga o'tirardim. Bu gal esa uning iltimosiga ko'ra Yugoslaviyaga uchmadim. To'g'risini aytsam, o'sha vaqtlarda men Yugoslaviyadagi o'yindan ko'ra chempionatdagi o'yinlar haqida ko'proq o'ylardim. Shunga qaramasdan, Mettning yonida emasligimdan xafa edim. Uelsdan "Old Trafford"ga qaytgan kunim Mettning kotibasi Elma Jorj menga samolyot halokatga uchraganligi hakidagi xabarni aytdi. Bu xabar meni karaxt qilib quydi. Eshitgan xabarimga ishongim kelmasdi. Elma menga qarab turib, yig'lab yubordi va ko'pchilik halok bo'lganligini, biroq kim va necha kishiligini bilmasligini aytdi. Uning so'zlarini eshitardim-u, biroq manosiga tushunmasdim. Jimgina o'z ofisimga keldim va o'tirib yig'lab yubordim".

Ertasi kuni Jimmi Merfi Myunxenga uchdi va u erda ko'rgan holatdan yuragi uvishib ketdi: 

"Mett kislorod maskasida yotgan edi. U menga: "keep the flag flying" (bayroqni baland tut), dedi. Dunkan meni tanidi. Bu dahshatli, juda dahshatli!"

Basbi o'ziga kelgach, shunday dedi: 

"Biz baribir bu lanati kubokni yutamiz! Halok bo'lgan o'rtoqlarimiz haqqi-hurmati yutishimiz shart!"

Mettning bu so'zlariga javoban Angliya jamolarining murabbiylari Manchesterga o'zlarining eng yaxshi yosh futbolchilarini jo'natdilar: shu tariqa jamoaga keyinchalik Evropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan shotlandiyalik Dennis Lou va irlandiyalik Jorj Best kelib qo'shildi. Sardor Bobbi Charlton esa jamoaning yo'lboshlovchisiga aylandi.

1965 yilda mankunianlar yana Angliya chempioniga aylandi. 1968 yili esa ular o'zlariga bergan vadaning ustidan chiqishdi. Final yo'llanmasi uchun kurashda Madridning "Real" jamoasini mag'lubiyatga uchratishdi. Uyida 1:0 hisobida g'alaba qilgan manchesterliklar Madridda birinchi taymdan so'ng 1:3 hisobda mag'lubiyatga uchrayotgan edilar. Biroq ikkinchi taymda "Yunayted" hisobni tenglashtirdi, hal qiluvchi golni esa himoyachi Bill Foulks urdi. O'yindan so'ng Bill ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi. Finalda angliyaliklarni Eysebiu boshchiligidagi "Benfika" kutib turardi. O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo'shimcha vaqtda esa Bobbi Charlton, Kidd va Jorj Bestning say-harakatlari o'laroq hisob 4:1 ga aylandi. Final hushtagi yangragach, Myunxen fojiasida omon qolgan Mett Basbi, Bill Foulks va Bobbi Charlton qo'l ushlashib maydon markaziga chiqishdi. Butun stadion ularni tik turib olqishladi. Bu haqda Bobbi Charlton shunday yozgan edi: 

"Vada bajarildi, men halok bo'lgan do'stlarimga bergan so'zimning ustidan chiqa oldim. Bu mening hayotimdagi eng muhim g'alaba".


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика