Neymar va "Al Hilol" shartnomani bekor qilishni xohlayapti, ammo braziliyalik 65 mln. dollardan voz kechmoqchi emas
20 jan 20:44
Yangiliklar
Neymar va "Al Hilol" shartnomani bekor qilishni xohlayapti, ammo braziliyalik 65 mln. dollardan voz kechmoqchi emas
Neymar "Al Hilol"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Oldinroq, braziliyalik futbolchi ijara asosida "Santos"ga o'tishga yaqinligi elon qilingan edi.
Malumotlarga ko'ra, gap ijara emas, bitimni bekor qilish haqida ketmoqda. Ushbu hafta bu mavzu uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Tomonlar hozircha moliyaviy kelishuvga erishgani yo'q. Neymar "Al Hilol"dan shartnoma bo'yicha yana 65 mln. dollar olishi kerak va bitimni bekor qilish uchun puldan voz kechmoqchi emas. To'lovlar bir necha oyga bo'linishi mumkin.
"Santos"dagilar vaziyatdan havotir olayotgani yo'q. Klub futbolchi bilan uning qaytishi borasida kelishib olgan.
Neymar 1,5 yil ichida "Al Hilol" safida chempionatning 3ta bahsida ishtirok etdi.
Fikrlar