So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  3 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Moskvada ot sporti bo'yicha Jahon kubogi o'tkazildi Yangiliklar

Moskvada ot sporti bo'yicha Jahon kubogi o'tkazildi

Teglar :  ot sporti
2021 yil 27 iyun kuni Maxima stables sport majmuasida Jahon kubogi musobaqasi bosqichi bo'lib o'tdi.

SHou sakrash bo'yicha Evroosiyo ligasida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etishdi.

CSI-CH yo'nalishi bo'yicha musobaqa natijalariga ko'ra joylar quyidagicha taqsimlandi:

1-o'rin Boburjon Valijonov (O'zbekiston)

2-o'rin Ekaterina Gladkova (Rossiya)

SHu kuni «Maxima stables» ot sport majmuasida Jahon kubogi musobaqasi bosqichi bo'lib o'tdi. Evroosiyo ligasi, millatlar kubogida to'rt jamoa ishtirok etdi: O'zbekiston, Rossiya, Qirg'iziston va Armaniston.

Musobaqa natijasida jamoalar quyidagi o'rinlarni egallashdi:

1-o'rin: Rossiya

2-o'rin: O'zbekiston

3-o'rin: Qirg'iziston

Alohida takidlab o'tish lozimki, to'siqlardan sakrash bo'yicha ot sportining O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari va o'zlarining jangovar sheriklari, sodiq do'stlari — otlari bilan birgalikda Rossiya davlatining Moskva shahrida «Maxima stables» va «Otrada» ot sport klublarida bo'lib o'tgan Xalqaro musobaqalarda qatnashdilar.

Unda O'zbekiston, Rossiya, Armaniston, Qirg'iziston, Belorussiya, Qozog'istonning etakchi sportchilari qatnashdi. Sportchilarimiz yakka tartibda ham, jamoaviy bahslarda ham ishtirok etishdi va nufuzli o'rinlarni egallab, 9 ta oltin, 11 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

O'zbekiston milliy terma jamoamiz bilan faxrlanamiz!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика