"Futbol TV" va "Sport" top-chempionatlardan birining namoyish huquqini qo'lga kiritdi
08 may 19:10
Yangiliklar


"Futbol TV" va "Sport" top-chempionatlardan birining namoyish huquqini qo'lga kiritdi
O'zMTRK "Futbol TV" va “Sport” telekanalidan yangiliklar davom etadi.
Xabaringiz bor, telekanal Germaniya Bundesligasining 2025/26 yilgi mavsum uchun namoyish huquqini qo'lga kiritgandi. PSJning ECHLdagi muvaffaqiyatli o'yinlari sabab Franciya chempionatiga ham qiziqish ortdi. Shuni inobatga olib, Franciya chempionati 2025/26 yilgi mavsumining namoyishi bo'yicha ham kelishuvga erishilgan.
Ahamiyatlisi, Bundesliga va Franciya chempionatining joriy mavsum yakuniy qismi "Futbol TV" va "Sport" telekanallarida namoyish etiladi.
Shu tariqa top-5 chempionatlardan ikkitasining 2025/26 yilgi mavsum namoyish huquqi qo'lga kiritildi. Tomoshabop futbol va sport iventlari namoyish huquqi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar