

- Uchrashuv oldidan jamoa ichidagi vaziyat haqida nima deya olasiz? Chempionlikni qo'lga kiritish bir qarashda osondek tuyuladi, ammo aslida ortiqcha bosimni yuzaga keltiradi. Ichkaridagi atmosfera qanaqa edi?
- Barcha farg'onaliklarni g'alaba bilan tabriklayman! Ichki muhit a'lo darajada edi. Xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Allohga shukrki, 24 yil deganda chempionlikni taqdim etdik.
- "To'y uchun hammasini bajaryapmiz, ishqilib futbolchilar yutib bersin" degan gap-so'zlar bo'ldi. Bu futbolchilarga bosim yuklamadimi?
- Bosim albatta bo'ldi. Tayyorgarlik 2 kun oldin boshlanib ketgandi. Toshkentdan usti ochiq avtobus keltirildi. Bosim juda katta edi. Bugun butun vodiy birlashdi. O'yindan oldin futbolchilar borimizni berishga kelishib olgandik.

- Hisob 4:1 ligini ko'rganlar, "Neftchi" osongina g'alabaga erishdi deb o'ylaydi. Aslida qanchalik qiyin bo'ldi?
- "Qizilqum"dan jiddiy qarshilik kutgandik. Bunday atmosferada to'p tepish raqibga qiyinchilik tug'dirdi deb o'ylayman.
- Mavsum boshida "Neftchi"ning natijalari unchalik yaxshi emasdi, lekin mavsum o'rtasiga kelib holat yaxshilanishni boshladi. Qachon burilish nuqtasi yuzaga keldi?
- Avvalo, hammasi Allohdan. Birinchi davrada omad yetishmadi deb o'ylayman. Ikkinchi davrada hokim jamoaga qattiq e'tibor bera boshladi. Sabab shunda degan fikrdaman.



