Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi "Monako"ga o'tishga yaqin
26 iyu 2019 16:16
Yangiliklar
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi "Monako"ga o'tishga yaqin
"Inter" yarim himoyachisi Joau Mariu tez orada "Monako" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Franciya klubi portugaliyalik yarim himoyachini shu yozdayoq tarkibida ko'rishni xohlamoqda va futbolchi bilan sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Inter" futbolchi uchun 18 million evro atrofida pul ishlab olmoqchi.
Joau Mariuning Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.
26 yoshli o'yinchi "neradzerrilar" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assistga erishgan.
Oldinroq, "Monako" jamoa yarim himoyachisi Sesk Fabregas bilan xayrlashishi mumkinligi to'g'risida xabarlar chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
03:00
ECHL. "Atletiko" oxirgi daqiqada gol urib, PSJdan g'alabani yulib oldi. "Arsenal" "Inter"ga yutqazdi 12
Fikrlar