"Sporting" Joau Mariuni 8 mln evro evaziga "Inter"dan xarid qildi

Alisher
10 iyun 2021, 15:40
Yarim himoyachi Joau Mariu to'laqonli asosda "Sporting" o'yinchisiga aylandi.

Lissabonliklar 28 yoshli portugaliyalikni "Inter"dan bonuslar bilan birga 8 million evro evaziga xarid qildi.

Mariu o'tgan mavsumni "Sporting"da ijara asosida o'tkazdi. Oldinroq, futbolchi klub safida 2011-2016 yillar davomida o'ynagan.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira