Portugaliya. Lissabon derbisi taqdiri 90+2-daqiqada hal bo'ldi
02 fev 2021 16:09
Yangiliklar


Portugaliya. Lissabon derbisi taqdiri 90+2-daqiqada hal bo'ldi
Kecha Portugaliya chempionatida 16-turidan o'rin olgan navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.
Turning markaziy o'yini Lissabondagi "Joze Alvalade" stadionida bo'lib o'tdi. Unda "Sporting" va "Benfika" to'qnash kelishdi. Bahs taqdiri 90+2-daqiqada Mateus Nunesning urgan goli hal qildi - 1:0.
"Portu" esa o'z maydonida "Riu Ave"ni 2:0 hisobida taslim qildi. "Braga" safarda "Moreyrense"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi.
Portu - Riu Ave - 2:0 (1:0)
Gollar: Dias, 44 (1:0). Evanilson, 74 (2:0).
Sporting - Benfika - 1:0 (0:0)
Gol: Nunes, 90+2 (1:0).
Moreyrense - Braga - 0:4 (0:3)
Gollar: Franserjio, 6 (0:1). Andre Kashtru, 17 (0:2). Raul Silva, 22 (0:3). Andre Orta, 87 (0:4).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar