Ronaldu Diogu Jotaning fojiali vafotiga munosabat bildirdi
03 iyu 15:58
Yangiliklar


Ronaldu Diogu Jotaning fojiali vafotiga munosabat bildirdi
Afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu "Liverpul" va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota hamda uning ukasi, Portugaliyaning "Penafiel" jamoasi futbolchisi Andre Silvaning halok bo'lgani haqida gapirdi.
Futbolchilar Ispaniyada yuz bergan avtohalokatda halok bo'lishdi. Jota 28 yoshda, Silva esa 25 yoshda edi.
"Buning manosi yo'q... Kuni kecha terma jamoada birga edik, yaqindagina oila qurgan edi... Oilalaringiz, turmush o'rtoqlaringiz va farzandlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman, ularga sabr tilayman. Bilaman, siz doimo ular bilan birga bo'lasiz. Orom topinglar, Diogu va Andre. Barchamiz sizlarni sog'inamiz", – dedi Ronaldu.
Klub Diogu va Andrening shaxsiy daxlsizligi hurmat qilinishini istaydi — "Liverpul" futbol klubi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar