"Real" "Manchester Yunayted"dan himoyachi sotib olishi mumkin
14 dek 2025 12:22
Yangiliklar
"Real" "Manchester Yunayted"dan himoyachi sotib olishi mumkin
Madridning "Real" klubi 2026 yilda "Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Diogu Dalotni sotib olmoqchi.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 26 yoshli futbolchini sotish variantini ko'rib chiqmoqda. "Real" har ikki qanotda o'ynay oladigan portugaliyalikning universalligini takidlamoqda. Takidlanishicha, "qaymoqranglilar"ga Dalot uchun kurashda "Bavariya" va Madridning "Atletiko" klublari raqobatchi bo'lishi mumkin.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Dalotning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 28 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Математикага ўрин қолмади: Ўзбекистон Кореяни ютиб, кейинги босқичга чиқди
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Fikrlar