

Bu haqda Madrid klubining rasmiy saytida xabar berildi.
Marca nashrining ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi 10–12 kunni o'tkazib yuboradi.
"Tibbiy xizmatimiz tomonidan bugun o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijalariga ko'ra, futbolchimiz Kilian Mbappeda chap tiza orqa kapsulasining haddan tashqari yozilishi tashxisi qo'yildi", - deyiladi "Real" bayonotida.
Mbappe 25 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Fransiya terma jamoasining Turkiyaga qarshi safardagi o'yinida jarohat oldi. Uchrashuv francuzlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Kilian 54-daqiqada gol urdi, ammo oradan ko'p o'tmay almashtirildi.



