Tebas: "La Ligada hakamlarga eng katta bosim "Real Madrid TV" tomonidan bo'lmoqda"

24 noya 2026, 10:15
La Ligasi prezidenti Xaver Tebas Ispaniya chempionati hakamlari asosiy bosim Madridning "Real" klubi tomonidan o'tkazilayotganini ma'lum qildi.

Funkcioner hakamlik mavzusini har ikki grand ko'tarishini, biroq "qaymoqranglilar"ning xatti-harakati, uning fikricha, "Barselona"ning yondashuvidan tubdan farq qilishini ta'kidladi.

"Hakamlar ham "Real", ham "Barselona" tomonidan bosim ostida qolmoqda. Ikkala klub ham boshqasi nima qilayotgani haqida gapiradi, ayniqsa "Real". Eng katta bosim "Real Madrid TV'dan kelmoqda. "Real"ning o'zini tutishi "Barselona"ning xatti-harakatlaridan butunlay farq qiladi", - deya Xaver Tebasning so'zlarini keltiradi The Touchline X ijtimoiy tarmog'ida.

O'xshash yangiliklar

Manba: The Touchline