So’nggi yangiliklar

20:20Мирко Йеличич: "90 дақиқа мобайнида ҳужумда ўйнаб, иккита голни стандартдан ўтказиб юбориш... Бу ҳақда гапириш қийин"  0 19:59БАА Про лигаси. Шукуров ва Мозговой жамоаси йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 19:39Постекоглу АПЛ тарихида энг тез истеъфога чиқарилган мураббий бўлди  0 19:35Суперлига. "Динамо" – "Бухоро" 0:1 (матнли трансляция)  11 19:00Суперлига. "Бунёдкор" 9 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"дан устун келди  41 18:49АПЛ клубида истеъфо юз берди  3 18:24АПЛ. "Челси" сафарда йирик ғалабага эришди  2 18:08Ла Лига. "Барселона" - "Жирона". Бошланғич таркиблар маълум  14 17:50АПЛ. "Манчестер Сити" - "Эвертон". Ҳусанов қайдномага киритилмади  4 17:11Пролига. "Локомотив" "ФарДУ" билан ўйинда очко йўқотди  2 15:27Дарвозаларга 7 та гол урилган йилнинг энг яхши тўқнашуви "Андижон" - "Шўртан" учрашувидан галерея  6 15:05Суперлига. "Сурхон" 7 ўйиндан буён ғалаба қозона олмаяпти — Термиз клубида руҳий "инқироз"  4 14:44Про лига. "Локомотив" - "ФарДУ". Таркиблар маълум  1 14:35Роберто Манчини “Манчестер Юнайтед”ни бошқариши мумкин  4 14:10Гвардиола фаолиятида қачон танаффус қилишини айтди  1

Portugaliya futzal terma jamoasi ustozi: "Guruhimizdagi barcha raqiblar o'z qitasida eng kuchlilari" Yangiliklar

Portugaliya futzal terma jamoasi ustozi: "Guruhimizdagi barcha raqiblar o'z qitasida eng kuchlilari"

Portugaliya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Braz mundial startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- Jamoangiz mundialga qanchalik tayyor?

- Tayyorgarlik juda yaxshi o'tdi. Hozirgi vaqtda esa, uzoq parvozdan tiklanishga etibor qaratganmiz. Jahon chempionati startini intizorlik bilan kutmoqdamiz.

- Guruhdagi raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Guruhimiz biz uchun yangilik bo'lmadi. Guruhdoshlarimiz so'nggi yillarda futzalda katta natijalarga erishishmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab futzal rivojlanmoqda. Panama Konkakaf mintaqasi g'olibi. Tojikiston esa Osiyo kubogida ajoyib o'yin namoyish etdi. Marokash - Afrika mintaqasi g'olibi. Barcha raqiblarimiz o'z qitasida eng kuchlilari.

- Portugaliya amaldagi mundial g'olib, bu safargi terma jamoasining Jahon chempionatiga maqsadlar qanday?

- Biz so'nggi bahsga qadar shu erda qolishni maqsad qilganmiz, lekin bu oson vazifa emas. Barchasini qadam-baqadam bajaramiz, birinchi navbatda guruhdan chiqib olishimiz kerak. O'yindan o'yinga kuchayib borishni maqsad qilganmiz.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Eslatib o'tamiz, Portugaliya futzal terma jamoasi mundialdagi yurishini 16 sentyabr kuni Panamaga qarshi boshlaydi. Uchrashuv soat 17:30da "Humo Arena"da o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика