Pogbaning "Yuventus"ga qaytgisi kelib qoldi
06 sen 2020 10:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590808_original.jpg)
![](/upload/storage/590808_220.jpg)
Pogbaning "Yuventus"ga qaytgisi kelib qoldi
Yarim himoyachi Pol Pogbaning faoliyati "Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari bilan bog'lanadi shekilli.
2012 yili xavbek Manchesterdan Turin tomon yo'l olgandi. 2016 yilda esa yo'nalish teskarisiga ko'rinish oldi. Endi Pogba yana "keksa sinora" libosida faoliyat olib bormoqchi.
"Yuventus" xavbekni qaytarib olishi yo'lidagi dastlabki urinishlar foyda bermagandi. Turin klubi so'ralgan 120-130 mln evro mablag'ni to'lay olmasligini bildirgandi. Endi esa Pogba klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikni va kelasi yili erkin agent sifatida "Yuve"ga qaytishni rejalashtirmoqda.
Pogba o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 16 o'yinda qatnashdi va 1 gol hamda 4 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar