Pogba "Yuventus"da o'ziga raqam tanladi
07 iyu 2022 20:22
Yangiliklar


Pogba "Yuventus"da o'ziga raqam tanladi
Turinning "Yuventus" klubi franciyalik yarim himoyachi Pol Pogbani sotib olishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, franciyalik futbolchi Italiya klubida 10-raqamda harakatlanadi.
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi bilan shartnoma tuzilgani yaqin kunlarda elon qilinadi.
Italiyada franciyalik futbolchi yiliga 8 million evro va bonus sifatida 2 million evro oladi.
29 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar