Pochettino: "Messi va Mbappe hamjihatlikda o'ynamoqda"
31 jan 2022 00:29
Yangiliklar


Pochettino: "Messi va Mbappe hamjihatlikda o'ynamoqda"
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsumning ikkinchi yarmiga jamoani tayyorlash tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.
Xususan, murabbiy Lionel Messining yaqinda koronavirus bilan kasallanganligini hisobga olib, jamoaga qayta moslashayotgani haqida fikr bildirdi.
"Murabbiylar shtabi Leoning ushbu haftadagi o'yinidan mamnun. Menimcha, u avvalgi darajaga qaytishga qodir. Messining Mbappe bilan maydondagi munosabatlari alo darajada. Ular allaqachon o'zaro til topishgan, ikkalasi ham dunyoning eng kuchli o'yinchilari sirasiga kiradi", — deydi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, 15 fevral kuni PSJ CHempionlar ligasi 1/8 finali doirasida o'z maydonida "Real"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar