Platini: "Men qaytaman va bor haqiqatni oshkor qilaman"
07 sen 2019 02:10
Yangiliklar
Platini: "Men qaytaman va bor haqiqatni oshkor qilaman"
UEFAning sobiq rahbari Mishel Platini futbolga qaytishni istayotganini aytdi.
«Men qaytaman. Qaysi mansab ostidaligini bilmadim, lekin qaytaman. Ahmoqona diskvalifikaciya tufayli o'zimni to'xtata olmayman. Hech qachon ishdan chetlashtirilganim haqida o'ylamadim, chunki, fitna qurboniga aylandim. Bunga ko'plab odamlar, jumladan, FIFA va SHveycariya prokuraturasi ham aralashgan. Biroq, men buni shveycariyalik mansabdorlar qilgan deb aytmoqchi emasman. Bularning barchasi haqida kitob yozaman va unda bor haqiqatni keltirib o'taman», – deydi Platini.
Franciyaning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi UEFAdagi rahbarligi davrida korrupciya mojarolariga aralashgan deb topilib, 4 yilga futbol bilan bog'liq barcha sohalardan chetlashtirilgandi. Uning jazo muddati esa kelasi oyning 7 oktyabrida o'z yakuniga etadi.
Fikrlar