Platini: "FIFA prezidentligi uchun saylovda na Blatterni va na SHampanyani qo'llab-quvvatlayman"
09 dek 2014 17:17
Yangiliklar


Platini: "FIFA prezidentligi uchun saylovda na Blatterni va na SHampanyani qo'llab-quvvatlayman"
UEFA prezidenti Mishel Platinining takidlashicha, FIFA rahbarligi uchun saylovda Yozef Blatter va Jerom SHampanyani qo'llamaydi.
Saylov 2015 yilning may oyida bo'lib o'tadi. Blatter 1998 yildan buyon FIFA prezidenti hisoblanadi.
"Saylovda kimni qo'llayman? Hech kimni. Men 1998 yilda Blatterga yordam berganman, chunki o'sha paytlarda bu lavozimga uni munosib deb o'ylagan edim. Ammo besh muddatdan so'ng boshqa bir kishining vaqti keldi.
Ayni damda FIFAning obro'si juda va juda yomon ahvolda. SHu sababli, Blatter to'xtasa yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. Lekin u bu narsani istamasa kerak" - deydi Platini.

Fikrlar