PFL tarixda ilk bor chempionat uchrashuvlarini yozning chillasida 20:00 dan erta boshlamaslikka erishdi
10 avg 2021 13:57
Yangiliklar


PFL tarixda ilk bor chempionat uchrashuvlarini yozning chillasida 20:00 dan erta boshlamaslikka erishdi
"O'zPFL tarixda ilk bor chempionat uchrashuvlarini yozning chillasida 20:00 dan erta boshlamaslikka erishdi. Bu birinchi galda maydonda ter to'kayotgan futbolchilarga nisbatan engillik yaratadi va ularni issiq quyosh nuridan himoya qiladi. SHuningdek, futbol muxlislariga uchrashuvlarni bevosita stadiondan kuzatib borishda engilliklar yaratib beradi.
Coca-Cola Superliganing projektor masalasida muammolari bor klublarga nisbatan qo'llanilgan birinchi sankciya kuzga qadar yakuniga etadi. 2022 yildan boshlab esa ikkinchi sankciya ishga tushadi. Yani, kelasi mavsumdan boshlab projektori minimal talablarga javob bermaydigan Superliga klublari yilning istalgan davrida o'z maydonida uchrashuv o'tkazish imkoniyatidan mahrum etiladi", - deb yozadi PFLning telegramdagi rasmiy kanali.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar