So’nggi yangiliklar

17:55"Рома"га Анчелотти келишини истардим, лекин..."   1 17:21Алиссон: "ПСЖга қарши ўйин, балки фаолиятимдаги энг яхшисидир"  2 16:40ЎФА: Янги ташкил этилаётган Ўзбекистон U-23 терма жамоасига ким бош мураббий бўлиши кейинроқ эълон қилинади  16 16:21"Навбаҳор" янги мавсум олдидан таништирув маросимини ташкил этди  3 15:51Суперлига-2025. 1-тур расмийлари эълон қилинди  3 15:34Паулу Фонсека 9 ойга футболдан четлатилди  4 15:17Матбуот анжумани. Фарҳод Нишонов: "Ишдан кетишдан қўрқмайман, омадсизлик туфайли ютқаздик, терма жамоага коррупция аралашгани йўқ"  13 14:58Луис Энрике "Ливерпул"га имкониятни бой берганидан кейин: "Шу ўйинни такрорласак, кейинги босқичга чиқамиз"  14 14:37"Сўғдиёна" стадиони янги мавсумга шай!  4 14:15Расман: "Ал Ҳилол" асосий ўйинчинларидан бири бир ойга сафдан чиқди ва "Пахтакор"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  10 13:55Болаларга футбол керак, лекин... (ПФЛ қарорига муносабат)  6 13:33Рафинья — 2024 йил бошидан буён ЕЧЛнинг энг самарали ўйинчиси  2 13:10Қизиқ факт. "Пахтакор" 18 йилдан буён ўз майдонида "Ал Ҳилол"га ютқазмаяпти  10 12:476 та жамоа иштирок этадиган ПРО Лига қуръаси қачон бўлиши маълум  3 12:23Нойер "Байер"га қарши баҳсда жароҳат олди  0

Bolalarga futbol kerak, lekin... (PFL qaroriga munosabat) Yangiliklar

Bolalarga futbol kerak, lekin... (PFL qaroriga munosabat)

Yangi mavsum boshlanmay turib U-21 chempionatining 1-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Aniqrog'i, har ikki bahsda mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi. 1-tur o'yinida "Navbahor" U-21 o'z maydonida "Dinamo" U-21ni, "Qizilqum" U-21 esa "Surxon" U-21ni qabul qilishi lozim edi.

Bunga sabab sifatida qabul qiluvchi tomonning U-21 uchun stadioni tayyor emasligi ko'rsatilgan. Yangi reglamentga muvofiq bu yildan U-21 jamoalari asosiy tarkib o'ynagan stadiondan foydalana olmaydi. Balki bu maydon holatini imkon qadar uzoq muddatga saqlash maqsadida qabul qilingan qaror bo'lishi mumkin.

Shundan kelib chiqib Superliga klublari U-21 uy uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionni eng oxirgi muddat sifatida 25 fevralga qadar topshirishi shart qilib belgilandi. Bunga kimdir masuliyat bilan yondashdi, kimdir befarq qaradi. Oradan ko'p o'tmay PFL matbuot xizmati "Navbahor" U-21 ilk turni o'ynamasligini va jamoaga texnik mag'lubiyat yozilishini malum qildi.

Keyinchalik "Qizilqum" U-21 jamoasiga ham ilk turdayoq texnik mag'lubiyat yozilishi xabari berildi. Bunga sabab "Qizilqum" U-21 dastlabki tur mezboni bo'lgani bilan Karmanadagi stadion tayyor bo'lmagani uchun 1-turni safarda "Surxon" U-21 maydonida o'tkazishi kerak edi. Ammo "Surxon" U-21 faqat 2-turdan boshlab o'yinlarni o'zida qabul qilishini aytgach, maydonsiz qolgan "Qizilqum" U-21ga texnik mag'lubiyat yozildi.




Endilikda bitta savol qolyapti: "Xorazm" U-21 - "Sho'rtan" U-21 o'yini qaerda bo'ladi? Aftidan Xorazmdagi o'yingoh ham tayyor emasga o'xshaydi va mezbon tur uchrashuvini raqib maydonida o'tkazishi kerak. Agar "Sho'rtan" U-21 bunga rozilik bergan bo'lsa, "Xorazm" U-21 nominal mezbon sifatida ilk turni G'uzorda o'tkazadi. Mabodo o'yinga bir-ikki kun qolganida nimadir o'zgarib qolsa yoki "Sho'rtan" U-21 o'zida qabul qilishni xohlamasa, unda "Xorazm" U-21ga ham texnik mag'lubiyat yoziladi.

Hozircha ikkita jamoa maydonga tushmay turib uch ochkoli bo'ldi: "Dinamo" U-21 va "Surxon" U-21. Va texnik mag'lubiyat yozilgan tomondan hech bir bayonot ko'rmadik. Demak, rahbariyatning buni ko'rib boshi qotgan yoki bo'lmasa befarq. Yani, U-21 o'ynadi nima-yu, o'ynamadi nima. Agar boshi qotgani rost bo'lsa, unda tezda harakatga tushib hech bo'lmasa keyingi uy uchrashuvigacha stadion masalasini ijobiy hal qilish kerak bo'ladi. Mabodo ikkinchi variant rost chiqsa, unda U-19 va ayollar jamoalari bilan shu holat kuzatilishi mumkin. Yani, U-21ga topilmagan maydon kun kelib U-19 bilan qizlarga ham topilmay qoladi.

Ha, hamma klub uchun asosiy tarkib muhim. Homiy ham birinchi navbatda asosiy jamoaga etibor qaratadi. Asosiy jamoaning ishlari yaxshi bo'lib tursa, boshqa jamoalarga etibor paydo bo'ladi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. PFL bunday holatdan ustamonlik bilan foydalanib, U-21 chempionatini to'liq o'z zimmasiga olishi mumkin edi. Lekin 20 fevral kuni chiqqan xabarga ko'ra, Liga U-21 chempionati o'yinlarining to'liq tartibda o'tkazish majburiyatini o'z zimmasiga olmas ekan.

Bu qanday bo'ladi? PFL stadioning tayyor emas deb mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat yozadi. Rahbar esa bunga pinagini ham buzmasdan nailoj deb qo'yadi va etiborni asosiy jamoaga qaratadi. Muhimi, asosiy jamoa o'ynasa bo'lgani. Chunki rahbar ham o'zidan tepadagi rahbarga birinchi navbatda asosiy jamoa haqida hisobot beradi. Bundan kimga qiyin? Birinchi navbatda bolalarga, U-21 futbolchilarga. Ular o'yin amaliyotisiz qolib ketadi. Ularning murabbiylari nima qilishni bilmaydi. Ularning o'yinini boshqarishi kerak bo'lgan hakamlar amaliyotsiz qoladi.

Superliga klublari qatorida U-21 jamoalari ham mavsumga hozirlik ko'rgan. Ularning murabbiylari ham ilk tur uchun reja ishlab chiqqan. Lekin birdaniga o'yin bo'lmasligi haqida xabar chiqyapti. Murabbiy nima qiladi, futbolchilarni 2-tur oldidan yig'ilasizlar deb uyiga qo'yib yuboradimi yoki mashg'ulot o'tkazishda davom etaveradimi? Yoki bo'lmasa rasmiy o'yin o'tkazilmagan taqdirda o'rniga o'rtoqlik uchrashuvi o'ynaylik deb raqib qidiradimi?

Bilasizmi, futbolda o'yinni o'tkazmaslik va texnik mag'lubiyat yozish eng oxirgi (umidsiz) qadam bo'lishi kerak. O'yin belgilangan kunda bo'lib o'tishi uchun nima zarur bo'lsa hamma chorani qo'llashga to'g'ri keladi. Masalan, OFK o'yin o'tishi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Kerak bo'lsa, bir kun keyinga suradi, lekin o'yin bo'ladi. Yaunki futboldagi eng muhim narsa bu - o'yin. O'nta mashg'ulotdan bitta o'yin afzal va buni hammamiz yaxshi bilamiz.


To'g'ri, hozirgi vaziyatda klublar Reglamentga amal qilmagan, yani U-21 uy uchrashuvini o'tkazadigan stadionni vaqtida tayyorlay olmagan, lekin vaziyatdan chiqib nimadir yo'l topsa bo'lardi. Masalan, mezbon klub uy uchrashuvlari uchun bitta stadionni ko'rsatadi, mabodo qabul qila olmasa zaxira stadion variantini beradi va bu ham qabul qila olmasa uchinchi variant sifatida neytral stadionni ko'rsatadi. Aytaylik, o'yinni neytral stadionda o'tkazishga to'g'ri kelsa, bu holatda mezbon jamoa mehmon jamoaning barcha yo'lkira xarajatlarini o'z zimmasiga oladi. Xullas nimadir qilib o'yinni o'tkazsa bo'ladi. Qalovini topsang qor ham yonadi deganlaridek, hamma ishning uddasidan chiqsa bo'ladi.

"Qizilqum" U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozilishi haqidagi xabarda bir gap diqqatimni tortdi: "Malumot uchun, U-21 jamoasi o'z o'yinlarini bemalol o'tkaza oladigan futbol maydonini tayyorlash va uni yil davomida parvarish qilish qanchaga tushishi, shuningdek, har qanday klubning xorijlik futbolchi yoki xorijiy yig'inlar uchun qancha mablag' sarflayotgani Ligaga malum". Nazarimda shu gap ortiqcha. Sababi PFLdek rasmiy tashkilot bu o'rinda umuman pul haqida gapirmasligi kerak. Yani, bu bilan shuncha legioner uchun falon oylik beryapsizlar, yig'inlarga shuncha sarflayapsizlar bitta maydon qila olmaysizlarmi degan mano kelib chiqyapti.

Bu gapni aytaylik, klub rahbari bilan yuzma-yuz suhbatda o'ziga aytsa bo'lar, ammo xabarga kiritish va shu orqali "chaqib olish"ga harakat qilishi to'g'ri emas. Chunki legionerlar uchun maoshni ham, yig'inga ketadigan pulni ham homiy to'lab beradi. Masalan, bu gap homiyning qulog'iga etib borsa, men shuncha yaxshilik qilishga harakat qilyapman, endi mening pulimni sanashyaptimi degan o'y xayolidan o'tmaydimi? Bor-e deb futboldan yuz o'girib ketvorsa-chi. O'zi shundoq ham homiylar futbolda kam qoldi. Ularni ushlab qolishga harakat qilaylik.

Xulosa o'rnida aytmoqchi bo'lganimiz, agar PFL "burgaga achchiq qilib ko'rpani  yoqish"da davom etaversa, erta-indin bu futbol hech kimga kerak bo'lmay qoladi. Hozir U-21 masalasi kun tartibida ekan, ertaga U-19, ayollar jamoalari, undan keyin futbol maktablari mavzusi chiqadi. PFL o'yinni o'tkazmas ekan, texnik mag'lubiyat yozadi deb klublar yanayam befarq bo'lib qoladi. Bu esa borib-borib klublarning kamayishiga olib keladi. O'zi shunday katta Respublikada professional va yarim professional 20ta klub qoldi. Bu ketishda borini ham yo'qotib qo'ymaylik.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

   
06 mar 18:00:49
Жамшид Jamshid
Тотал йук да
   
06 mar 16:58:52
fc Surxon
Pfl to'g'ri qilyabdi klublarga indamasa o'zini yoshlariga sifatsiz maydonda oynatadi
   
06 mar 16:30:37
Bek
Тур йуколе качонгача заказной езасан ботаник
   
06 mar 15:26:08
Аброр Ибрагимов
Пфл тугри киляпти Ю 21га этибор булмаса бало борми четга чикиб тайёргалик килиб.Ёшлар жамоасига этибор булмаса жамоани келажаги булмайди.
   
06 mar 15:14:15
From Earth
ПФЛ тўғри қиляпти, қачонгача имконият беради? Кескин ва жиддий чора кўрмаса клуб раҳбарияти юраверадида.
   
06 mar 14:10:08
PFK HAQIQAT
Oʻyinlarda texnik magʻlubyat yozib toʻgʻri qilishdi. Bularni qosh koʻziga qarasangiz butun umur stadion qilmaydi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика