So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  6 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Peru mundialga chiqqanini qanday nishonladi? Tasirli FOTOGALEREYA Yangiliklar

Peru mundialga chiqqanini qanday nishonladi? Tasirli FOTOGALEREYA

Bugun ertalab muxlislar 2018 yil Rossiya maydonlarida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining so'nggi ishtirokchisi nomini bilib olishdi.

Unga ko'ra, Yangi Zelandiyani 2:0 hisobida mag'lub etgan Peru mundialning so'nggi ishtirokchisiga aylandi. Quyida Peru futbolchilari va muxlislar Jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritilganini qanday nishonlashganini suratlar yordamida sizga etkazishga harakat qilamiz.

Stadionga bora olmagan va o'yinni bardan kuzatgan muxlislar karaxt ahvolda.

Bunday lahzalarni faqat 4 yilda bir marotaba ko'rish mumkin.

Butun stadion bayram qildi.

O'yinda birinchi golni kiritgan terma jamoa etakchisi Jeferson Farfan.

Mana shunday xursand chehralarni ko'rib beixtiyor havas qilamiz...

Bunday kunni tarixga muxrlamoqchi bo'layotgan fotograf va operatorlarga etibor bering.

Terma jamoa Jahon chempionatiga chiqqanida yig'lamasdan iloj yo'q, ayniqsa yo'llanmani pley-offda qo'lga kiritsang.

Bugun butun Peru bayram qilmoqda.

Kecha Peru mehnat vazirligi matbuot-xizmati agar mundial chiptasi qo'lga kiritilsa, mamlakatda 16 noyabr dam olish kuni deb elon qilinishi va buning uchun maoshdan ushlab qolinmasligi haqida bayonot bergan edi.

Izohsiz surat...

Rossiya maydonlari Farfanga begona emas. U ayni paytda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi azosi hisoblanadi. Demak, mundialda peruliklarga ruslar ham muxlislik qilishadi.

Mundial muborak Peru!


GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика