Pep Gvardiola - Sane haqida: "Barchasi ham bizga bog'liq emas"
24 iyu 2019 23:58
Yangiliklar
Pep Gvardiola - Sane haqida: "Barchasi ham bizga bog'liq emas"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Leroy Sanening jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Leroyning xizmatlarini doimo qadrlaganman. U yanada yaxshiroq bo'lishi uchun katta imkoniyatlari bor. Bu esa menga yoqadi.
Men unga jamoada qolishi kerakligini bir necha bora takrorladim. Unga taklif bor. Biz uning agenti bilan shartnomani uzaytirish borasida gaplashib olishni kutyapmiz. Ammo barchasi ham bizning qo'limizda emas. Uning o'zi bir qarorga kelishi kerak.
Agarda u ketishni istasa, bizga og'ir bo'ladi. Umid qilamanki, u jamoada qoladi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar