So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  0 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  9 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  19 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

“Penalty”: Rasul Rahmonov: “Andijon”ni qiyin vaqtda tashlab ketgim kelmagan” Yangiliklar

“Penalty”: Rasul Rahmonov: “Andijon”ni qiyin vaqtda tashlab ketgim kelmagan”

Loyihamizning navbatdagi mehmoni sifatida “Andijon” klubida ancha yillardan buyon to'p tepib kelayotgan Rasul Rahmonovni tanladik.

Yarim himoyachi ofisimizga sovg'alar bilan tashrif buyurgani etiborimizni tortdi. Suhbat avvalida Rahmonovning hayajoni nafaqat uning o'zini, bizni ham ancha qiynadi, biroq qahramonimiz loyihamiz muhitiga kirishib keta oldi va suhbatimiz juda qiziqarli kechdi.

Gulshan Sadullaeva: 1. Yoshligingiz qanday o'tgan? Necha yoshingizgacha bo'lgan davrlarni eslay olasiz?
- Yoshligimda ko'chada futbol o'ynab o'tgan. Maktab davrlarini eslay olaman, ayniqsa, darslardan qochganlarimni (kuladi). Yaqinlarim juda sho'x eding, deb aytishadi. Rostdan ham janjalkash bo'lganman. Ammo hayot barchasini o'z joyiga solib qo'ydi. SHo'xliklarimni bolaligim olib qolgan.

Narzulla Saydullaev: 1. Futbolchilikka kirib kelish qanday sodir bo'lgan. Qanday qilib bu sport turiga qiziqib qolgansiz?
- 11-12 yosh paytlarimda jismoniy tarbiya o'qituvchisi maktabda turli musobaqalar tashkil etardi. O'sha musobaqalarda o'zimni ko'rsatganimdan so'ng Ergash aka Tursunov meni Bolalar va o'smirlar futbol maktabiga taklif qilgan. O'sha maskanda futbolchilikning ilk sir-asrorlarini o'rganganman. Bu maktabda Ibrohim Otaxonov, SHavkat Mullajonov, Vagiz Galiulin va Isroil Tursunov kabi futbolchilar ham tahsil olishgan.



Gulshan: 2. Tabiatan qanday insonsiz? Siz bilan kelishish osonmi?
- Barcha bilan chiqishib keta olaman: yoshmi, kattami farqi yo'q. Qaysi mavzuda bo'lsa ham suhbatdosh bo'la olaman. Tortinchoq emasman. Kamgapdek ko'rinsam ham aslida unday emas. Futbol maydonida ko'p asabiyman, o'yinga kirishib ketaman. Hayotda esa bosiqlikka harakat qilaman. Futboldagi qiziqqonligim maydondan tashqariga chiqmaydi.

Narzulla: 2. Oliy ligada 2008 yil "UzDongJu" safida debyut qilgansiz. Jamoaga qay tarzda kelgansiz?
- Bu klubga Vitaliy Legay taklif qilgan edi. 2006 va 2007 yil “UzDongJu” bilan birinchi ligada o'ynaganmiz va oliy ligaga yo'llanma olgandik. Islom Ahmedov boshchiligidagi jamoa oliy ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan edi. Jamoada mashhur futbolchilar yo'q edi, ammo shijoat va g'alabaga bo'lgan ishtiyoq tufayli oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgandik. Bundan tashqari o'sha paytdagi klub rahbari Zafar aka Zulunov ham futbolning ashaddiy muxlisi edi. Bizning oldimizda oliy ligaga chiqish vazifasi yo'q edi. G'alabalardan so'ng elitaga chiqishimiz aniq bo'lib qolgan edi.

Gulshan: 3. Jamoadoshlaringizdan siz uchun eng bilimdon, eng xushchaqchaq, eng uyquchi, eng jaxldor va eng sahiy futbolchilar kimlar?
Bilimdon – Ibrohim Otaxonov. Eng tajribali futbolchilardan biri, maydonda ham doim aql bilan ish tutadi. Xushchaqchaq – Javlon Guseynov. Har daqiqada hazil qilib turadi. Eng uyquchi – Abdumalik Abdullaev. Har safar xonasiga kirganimda uxlayotgan bo'ladi (kuladi). Eng jaxldor – Rahim Qodirov. O'yinlar vaqtida juda tez asabiylashib ketadi. Eng sahiy – Lochin Soliev. U bilan ancha yillardan beri birga o'ynaymiz, sahiyliklariga ko'p bora guvoh bo'lganman.



Narzulla: 3. "Andijon"ga o'tish va jamoa haqida...
- Bu jamoaga 2009 yil ko'chib o'tgandim. O'shanda jamoada Orif Mamatkazin bosh murabbiy edi. O'sha kishining taklifi bilan Andijonning bosh jamoasiga o'tgan edim. Tarkib 90 foizga yangilangan edi. Muhit juda yaxshi edi, Fevzi Davletov, Qayrat O'taboev, Jafar Irismetov kabi futbolchilar bor edi.

Gulshan: 4. Farzandlaringizning sport bilan shug'ullanishlari uchun qanday sharoitlar yaratgansiz?
- To'rt nafar farzandim bor. Ikki o'g'il, ikki qiz. To'g'risi hozircha ular yoshligi uchun bu haqda o'ylab ko'rganim yo'q. Lekin kelajakda o'g'illarim futbolchi bo'lishsa, bundan albatta xursand bo'lardim. Sport bilan shug'ullanishlari uchun bor imkoniyatning barchasini yaratib beraman.

Narzulla: 4. Oliy ligadagi ilk golingizni eslay olasizmi? (Javob: 2008 yil “Buxoro” – “UzDongJu” 3:1 uchrashuvida)
- “UzDongJu” safida urganman. Adashmasam “Buxoro”ga qarshi bahsda urgandim.
- To'g'ri javob. Qizig'i, o'sha o'yinda “Buxoro” safida Lochin Soliev xet-trikka erishgan ekan.



Gulshan: 5. Tasavvur qiling dizaynersiz, futbol formasiga ham biroz milliylik bag'ishlash kerak bo'lib qoldi, o'z klubingiz formasining qaeriga va qanday o'zgartirish kiritgan bo'lardingiz?
- (uzoq o'ylanib) To'g'risi juda qiyin savol berdingiz. Bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman. Bundan ko'ra futbol o'ynash osonroq men uchun (kuladi). Keling yaxshisi o'zim yoqtirgan klub formalari haqida gapiray. Jahon futbolida Italiya terma jamoasining formasi menga yoqadi. Formalari o'ziga xos ishlab chiqilgan. O'zim ham Italiya klublariga muxlislik qilaman.

Narzulla: 5. Jamoa birinchi ligaga tushib ketganida ham "Andijon"ni tark etmagansiz. Vaholanki sizga boshqa kuchli klublardan taklif tushgan. Bunga sabab nima bo'lgan?

- Sababi o'shanda jamoaning birinchi ligaga tushib ketishiga men ham aybdor edim. SHu bois “Andijon”ni oliy ligaga qaytarish uchun ham jamoada qolganman. Umuman olganda jamoani juda ham yaxshi ko'rganim uchun ham boshqa klublarning takliflarini rad qilganman. Qiyin vaqtda qadrdon jamoamni tashlab ketgim kelmagan.



Gulshan: 6. Blic savollar:
- Qaysi jonzotning miyasi tanasiga qaraganda kattaroq? (Javob: CHumoli)
- Bilolmadim...
- Penaltining ilk mehmoni kim bo'lgan edi? (Javob: Xayrulla Karimov)
- Lochin Solievmidi... Yo'q, Xayrulla Karimov.
- UzDaewooAvto korxonasida ishlab chiqarilgan ilk mashina markasi qaysi? (Javob: Damas)
- Tiko bo'lsa kerak.
- Braziliyalik Ronaldo qaysi shaharda tug'ilgan? (Javob: Rio-de-Janeyro)
- Rio-de-Janeyroda.
- Xojiboy Tojiboev tasviricha "bir ko'zli maxluq" kim edi? (Javob: Nikolay Valuev)
- Bokschimi? Valuev! (kuladi)
- Penalti so'zi qanday tarjima qilinadi? (Javob: Jazo)
- 11 metrlik jarima to'pi.

Narzulla: 6."Burgutlar" safida 2009 yildan buyon muntazam ravishda o'ynab kelayapsiz. SHu vaqtga qadar nechta murabbiy qo'l ostida ishladingiz? Ulardan qaysi birining qo'l ostida o'zingizni yaxshi his qilgansiz?
- Murabbiylar juda ko'p. Orif Mamatkazin, Amet Memet, Aleksandr Averyanov, Azamat Abduraimov, Vyacheslav SHevchenko, Edgar Gess kabi murabbiylar qo'l ostida ishlaganman. Bu murabbiylar orasida Amet Memet qo'l ostida o'zimni ancha erkin his qilardim. Berilgan vazifalarni bajarishda qiynalmas edim. Qolgan murabbiylardan ham minnatdorman.

Gulshan: 7. Sizningcha o'ta mahoratli futbolchi bo'lish ko'proq nimaga bog'liq?
- Mahoratli futbolchi bo'lish uchun ko'p mehnat qilish kerak. Mashg'ulotlarda tajribali futbolchilardan ko'p narsa olsa bo'ladi. Bundan tashqari jarohatlardan ham imkon qadar uzoq bo'lish kerak. Bir maromda o'ynash har kimning ham qo'lidan kelmaydi. Tug'ma qobiliyatli futbolchilar bor, ular mashg'ulot qilmasdan turib maydonga tushib gol urib ketaverishadi. Biroq ular ham mehnat qilib o'z qobiliyatlarini sayqallashtirib borishlari maqsadga muvofiq. Harakatsiz muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi.



Narzulla: 7. Ko'pchilik yigitlar yoshligida turli kasblarda ishlab ko'rishadi. Siz futbolchilikdan tashqari boshqa kasbda faoliyat olib borganmisiz?
- Dadam futbolning ashaddiy ishqibozi. Ular meni futbolchi bo'lib etishishim uchun har qanday yordamni, sharoitni yaratib berganlar. SHu bois bor etiborimni futbolga qaratganman.

Gulshan: 8. Ro'zg'orda siz bajara olmaydigan yumushlar qaysilar?
- Zarurat bo'lib qolsa hamma ishni qila olamiz (kuladi). To'g'ri ayollarimizchalik qoyillatmaymiz-u, lekin harakat qilsa barcha narsaning uddasidan chiqsa bo'ladi. Ovqat pishirish, bolalarga qarash va boshqalar.

Narzulla: 8."Andijon" klubi timsoli deb qaysi futbolchilarni ayta olasiz?
- Baxtiyor Hamidullaev! Bu futbolchi menga o'xshab yutqazishni istamaydiganlar toifasiga kiradi. Juda mehnatkash futbolchi. Uni Andijonda juda ko'pchilik yaxshi ko'radi. Ko'plab gollari orqali jamoaga g'alabalar keltirgan. Qahramon Abduqodirov ham jamoaning timsollaridan biri, deya olaman. Uning o'yinlarini yoshligimizda tomosha qilardik.

Gulshan: 9. Ayni paytda sport jurnalistikasining sizga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlari qaysilar?
- Futbolni yoritib borish hozir yangi darajaga chiqdi, deb ayta olaman. Bir necha yil oldin o'yinlarning natijalarini ertasi kuni bilardik, hozir esa zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi natijasida telefon orqali o'yinlarni onlayn kuzatib borish mumkin. Internet saytlari juda faollashib ketishdi. Gazetalarni ham kuzatib boraman. Televidenie orqali viloyatlardagi o'yinlarni ham ko'proq namoyish etib borishsa yanada yaxshi bo'lardi. Masalan, “Andijon” Navoiyda o'ynasa va uni TV orqali butun Respublika tomosha qilsa yaxshi emasmi? Yaqin orada aynan shunday bo'lishiga ishonaman.



Narzulla: 9. Birga o'ynagan eng kuchli uch nafar legioner futbolchi.
- Levan Mdivnishvili. Gruziyalik hujumchi juda tezkor edi. Jarima maydoni ichida qanday harakat qilishni yaxshi bilardi. U ko'plab gollari bilan jamoamizga g'alabalar keltirgan. Artyom Nikitenko bilan maydon markazida yaxshi o'ynardik. U maydonda bo'lsa ko'p hujumga o'tardim, sababi ortimda Nikitenko borligini his qilib turardim. Dmitriy Bokal – ajoyib himoyachi. Havodagi janglarda tengsiz edi. Ham himoyada, ham hujumda u ikkinchi qavatda benazir edi.

Gulshan: 10. Andijonlik futbol muxlislari haqida nimalar deya olasiz?
- Andijonlik muxlislarni “Liverpul” muxlislariga o'xshataman. Sababi ular biz mag'lubiyatga uchrayotgan bo'lsak ham so'nggi daqiqagacha muxlislik qilishda davom etishadi. Hatto birinchi ligada o'ynaganimizda ham stadionga kelib bizni qo'llab turishardi. Kuchli klublar mehmonga kelishsa muxlislarimiz “Sog'lom Avlod”da haqiqiy bayram tashkil etishadi.



Narzulla: 10. Fevral oyida tug'ilgan mashhur futbolchilarni bilasizmi?
- Adashmasam 5 fevral kuni Krishtianu Ronaldu tug'ilgan.
- Ronaldu, Neymar, Pike, Kavani, Tevez, Falkao, Di Mariya, Torres, van der Vaart kabi yulduzlar fevral oyida tavallud topgan ekan.

Gulshan: 11. Penalti loyihasining yutuq va kamchiliklari haqida nimalar deya olasiz?
- Yaxshi loyiha. Bu loyiha orqali O'zbekiston futbolini yanada ko'proq yoritayapsizlar. Meni taklif qilganingiz uchun rahmat aytaman. Bir nechta sonlarini o'qidim, o'zim uchun yangiliklar oldim. Temur Hakimovning "Penalti tepishni ham bilish kerak", degan gapiga men ham qo'shilgan bo'lardim. Mening nazarimda ham shunday.



Narzulla: 11. Loyihamizning ananaviy savoli: Yodingizda qolgan penalti yoxud penaltilar seriyasi.
- 2000 yilgi Evropa chempionatida Ispaniya va Franciya uchrashuvi bo'lib o'tgan. O'shanda Raul penaltidan gol ura olmagan, ispanlar esa mag'lub bo'lishgandi. O'sha penaltini doim yodimda saqlayman. 2008 yil ECHL finalida “CHelsi” – “Manchester Yunayted” uchrashuvidan keyingi penaltilar seriyasida Terrining yiqilib tushgani ham yodimda. Sababi o'sha finalda “Manchester Yunayted”ga muxlislik qilgan edim.

Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashishdi
Foto: Tolibjon Qosimov




“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman”

“Penalty”: Timur Hakimov: “Penaltidan gol urishni ham bilish kerak”

“Penalty”: SHahzodbek Nurmatov: “Manchester Yunayted” tufayli futbolchi bo'lganman”

“Penalty”: Nafisa Mo'minova: “Futbolda ham, shaxmatda ham aqlni ishga solish kerak”

“Penalty”: Mansur Saidov: “Umuman penalti tepmasligimga jiddiy sabab bor”

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика