So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda” Yangiliklar

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

Jarima maydonida navbatdagi mehmon bir necha yillardan buyon oliy ligada to'p tepib kelayotgan tajribali hujumchi, ayni paytda “Andijon”ning faxriy futbolchilaridan biri Lochin Soliev.
Yaqinlari tomonidan anchayin kamtar, kamgap deb tariflangan qahramonimiz bilan juda mazmunli suhbat qurdik.

Gulshan: 1. Dastavval siz tug'ilgan joy, yoshlik haqida...
- Andijon viloyati Izboskan tumanida, ishchilar oilasida tavallud topganman. 18 o'rta maktabda o'qishni boshlaganman. Oilamdagilar sportga juda qiziqishardi. Dadam va bobom sport sohasiga mehr qo'yishimga sababchi bo'lishgan.  Atak-chechak qilgan paytimdanoq qo'limdan tutib, kurash, futbol o'yinlariga olib borishardi.

Narzulla: 1. Futbolga qanday kirib kelgansiz?
- Futbolni tanlashimga bobolarim sababchi bo'lishgan. Kechdan kech futbol o'yinlari bo'lib qolsa “Ko'rib o'tir, keyin bizga hisobini aytasan”, deyishardi. SHu zayil, Andijon futbol maktabida tahsil olganman. Bu maskanda futbolning ilk sir asrorlarini o'rganganman.

Gulshan: 2. Siz tabiatan qanday insonsiz?
- Tabiatan ancha bosiq insonman. Davralarda insoniylik jihatidan chetga chiqmagan holda xursandchilik qilamiz. Har bir kishi, avvalo, insoniylik fazilatlarini yaxshi bilishi, o'zini shunga munosib tutishi kerak, deb hisoblayman.

Narzulla: 2. Baxtiyor aka Xotamov haqida gapirib bersangiz.
- Baxtiyor aka Xotamov birinchi murabbiyim hisoblanadi. Kichkinagina maktabimizning stadionida aynan shu inson qo'l ostida mashg'ulot o'tkazardim. "Suyak" to'plar bilan futbol o'ynardik. Bu insonga har qancha rahmat aytsam ham kam.



Gulshan: 3. Siz juda qadrlaydigan buyum?

- Yoshligimda Sankt Peterburgda "Belye nochi" musobaqasida qatnashganmiz. CHamasi 13-14 yoshlarda edim, o'shanda musobaqa davomida 8 ta gol urganman. SHunda turnir tashkilotchilari menga mexanik soat va medal taqdim etishgandi. Aynan shu sovrinlarimni hozirgacha uyda saqlayman. Bular eng  qadrli sovg'alardan biri.

Narzulla: 3. Oliy ligadagi ilk golingizni eslay olasizmi?
- (o'ylanib) Menimcha, 2002 yoki 2003 yilda "Metallurg" darvozasiga urgan bo'lsam kerak... To'g'rimi?
Javob: 2004 yil. “Andijon” – “Neftchi” 2:3.  
- "Neftchi" bilan? Ikkita gol urgan o'yinimmi? O'sha o'yinni eslayman, lekin oliy ligadagi ilk golim ekani esimda yo'q ekan(kuladi).

Gulshan: 4. Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?
- Tanqidlardan xulosalangan tarafini aytishim mumkin, bu yil chempionatdan oldin kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashga qaror qilindi. Menimcha, endi chempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda. Haqqoniy o'yin, haqqoniy gollar O'zbekiston futboli uchun ancha foydali hisoblanadi. Kuchli jamoa g'alaba qozonmoqda, muxlislar chiroyli, tomoshabop o'yinlarning guvohiga aylanishmoqda.

Narzulla: 4. Siz 2007-2010 yillarda “Buxoro” klubida o'ynagansiz. O'sha damlarni yodga olsak.
- 2002 yil yoshlar ligasida to'purar bo'lganman. O'shandayoq Usmon Toshevning nazariga tushgan ekanman. Yosh bo'lganim uchun Andijonni tark etishni istamadim. 2007 yilda "Buxoro"ga o'tdim. Menimcha u erdagi faoliyatim yomon o'tmadi, ko'plab gollarga mualliflik qildim. Toshevga o'sha damlarda Orif Mamatkazin yordam berardi. Bu murabbiy qo'l ostida ham 2002-2005 yillarda o'ynaganman.

Gulshan: 5. “Andijon” klubini “burgutlar” deymiz. Aksiga olib, siz Lochinsiz. “Navbahor”ning “lochinlar”i safida o'ynash istagi bo'lganmi?
- Yoshligimdan "Navbahor"da o'ynash istagi bo'lgan. Adashmasam, ularga "Lochinlar" tavsifi yaqinda berildi. Bu jamoadan takliflar bo'ldi, mashg'ulotlarda ham qatnashdim. Biroq o'zim tug'ilib o'sgan Andijonga qaytishga qaror qildim.



Narzulla: 5. Oliy ligada bir marta xet-trik qayd etgansiz. O'sha bahsni eslay olasizmi?
- "UzDongJu"ga qarshi "Buxoro" safida 3ta gol urgandim. Raqib "UzDongJu" bo'lgani uchun ham boshqacha shijoat bilan tushgandim. Bu jamoada ishlarim yurishmay tark etganimdan keyin professional fubolchi sifatida raqib kim bo'lishidan qatiy nazar o'z ishimni astoyidil bajarishga uringanman.
Javob: 2008 yil. “Buxoro” – “UzDongJu” 3:1

Gulshan: 6.  Eng yodda qolarli maqtov va tanqidni eslay olasizmi?
- 2011 yil "Paxtakor"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandik. O'shanda Andijon ko'chalarida sal kam to'y bo'lib ketgandi. "Paxtakor"dek kuchli jamoani har kuni ham yutavermaysiz-da. "Neftchi"ni mag'lub etganimizda ham Nodirbek To'ychiev boshchiligidagi muxlislarimiz  ko'chalarda bayram qilib yuborishgan. O'sha holatlar hamon ko'z oldimda turibdi, bu damlarni so'z bilan tariflashga kuchim etmaydi. G'alabalar bilan birga mag'lubiyatlar ham bo'lib turadi. SHunday holatlarda ko'p tanqidlarga duch kelamiz, lekin ularni yurakka yaqin olmaganim uchunmi, aynan birortasini misol qilib keltirolmayman. Tanqid qilib turishgani yaxshi, hammasi yaxshi ketaversa ham bo'lmaydi.

Narzulla: 6. Yaqinda kubok doirasidagi “Mashal”ga qarshi o'yinda penaltidan gol ura olmadingiz. Faoliyatingiz davomidagi eng alamli penalti?  
- Menimcha oliy ligada nechta penalti tepgan bo'lsam hammasini urganman. Birinchi ligada esa ikki marta shunday holat qayd etilgandi. Hechqisi yo'q, raqib posboni yoshroq ekan, Lochin Solievning penaltisini qaytarganman, deb yuradida (kuladi).

Gulshan: 7. Mutolaada qanchalik faolsiz?
- Ko'proq eshitishni xush ko'raman. Onamga kitoblar, gazetalar olib kelib beraman. Ular o'qiydilar men mirqib tinglayman. Eshitsam kitobni yaxshiroq tushunaman.



Narzulla: 7. Oliy ligada 50dan ortiq gol urgan hujumchi sifatida hozirgi hujumchilarimizdagi samaradorlik nima uchun pasayib ketdi deb o'ylaysiz?  
- Hujumchilik juda nozik amplua hisoblanadi. Unga vaqtida to'p etkazib berilishi kerak. Golni ham sezish kerak. So'nggi paytlarda nima uchun hujumchilar kam gol urishmoqda? Sababi o'yin vaqtida juda kam vaziyat yaratilmoqda. Oldinlari gol urish uchun imkoniyatlar juda ko'p bo'lgan. Hozir bitta gol urgan jamoa o'sha hisobni saqlab qolishga intilmoqda.

Gulshan: 8. Sizningcha, yosh futbolchilarning bo'sh vaqtlarini qanday to'ldirgan maqul?
- Futbolchida bo'sh vaqt bo'lmasligi kerak. Ko'proq mashg'ulot qilish kerak. Ertadan kechgacha mashg'ulot qilsin, demayman. Oddiy badantarbiya ham sportchi uchun foydali hisoblanadi. Boshqa payt faqat internetda o'tiravermay, til o'rgansa yaxshi. Lekin hech kimni majburlay olmaysiz, o'zida istak bo'lmasa nimagadir erishish mushkul.

Narzulla: 8. O'z vaqtida “Andijon” safida birinchi ligada o'ynadingiz. Oliy va birinchi liga o'rtasidagi farq qanchalik?
- Juda katta. Oliy ligada anchayin aqlli futbol o'ynaladi. Birinchi ligada saviya ancha past. Himoyadagi xatolar juda ko'p, stadionlar sifati yaxshi emas. Saviyani yaqinlashtirish uchun avvalo stadionlarni yaxshilash kerak. Bundan tashqari murabbiylar bilimini oshirish kerak. Oliy ligada pro licenziya bo'lishi kerakligi talab qilinmoqda. Balki birinchi ligaga ham A licenziyasi bor murabbiy ishlashi kerak, degan talab qo'yshish kerakdir. Sababi, murabbiylarga ham ko'p narsa bog'liq. SHiddatli o'yinlar ko'paysa saviya ham o'sadi.



Gulshan: 9. Jamoadoshlaringizdan kimning ham salbiy, ham ijobiy hislatlarini ayta olasiz?
- Jamoadagi barcha bir oiladek. Lekin safarlarda asosan do'stim Rasul Rahmonov bilan birgamiz.  U bilan ko'proq muloqot qilamiz, xarakterimiz ham bir biriga mos tushadi. Ijobiy hislati, kampag, uyalchang va manman emas. O'yin paytida biroz qizishib ketishi salbiy tomoni bo'lsa kerak.

Narzulla: 9. Siz bilan faoliyat olib borgan eng kuchli 3 murabbiyni sanab bering.
- (uzoq o'ylanib) Orif Mamatkazin - yuqorda aytib o'tdim faoliyatimda katta o'rin tugan murabbiyardan biri. Hakim Fuzaylov - 2003 yilda ushbu murabbiy qo'l ostida o'ynaganman. Edgar Gess. Bu murabbiy meni "SHo'rtan"ga ham chaqirgandi, biroq turli xil sabablarga ko'ra bu amalga oshmay qolgan.

Gulshan: 10. Yosh futbolchilardan aynan kimlarni eng yaxshi potencialga ega deb ayta olasiz?
- Yurtimiz istedodlarga boy. Yoshlar, o'smirlar terma jamoalari Jahon chempionatlarida muntazam ravishda ishtirok etishmoqda. Hozirgi yoshlardan Sardor Rashidov va Jamshid Iskanderovni alohida ko'rsatsa bo'ladi.



Narzulla: 10. Andijonlik muxlislarga tarif bersangiz...
- Barcha viloyatlarda muxlislar bor. Barchasini hurmat qilamiz. Lekin andijonlik muxlislar juda jonkuyar, serg'ayrat... O'zingiz ularni ko'zingiz bilan ko'rmasangiz, tariflash juda qiyin. Ularning qo'llab-quvvatlashi bizga katta yordam beradi. Yurakdan muxlislik qilishlarini sezib turamiz, faqat g'alaba va chiroyli o'yin ko'rsatish uchun intilamiz. Muxlislar jamoaning 12-o'yinchisi ekani rost gap.  

Gulshan: 11. Muxlislardan kelgan savol: Xorijdan takliflar bo'lganmi?
- Yoshligimda Rossiya klublaridan takliflar bo'lgan. Masalan, "Smena", "Goleador" va "Zenit" jamoalaridan, 2008 yilda Turkiya birinchi ligasidan, Ozarbayjon oliy ligasidan takliflar tushgandi. Legionerga aylanmasligimga sabab "Andijon"ga qaytish niyatimning kuchliligi bilan bog'liq bo'lgan. 2009 yil qadrdon jamoamga qaytganman va hamon shu erdaman.

Narzulla: 11. Penalti deganda ko'z oldingizga nima keladi?
- Badjo! O'sha penalti hamon ko'z oldimda turadi. Finalda Italiyaga muxlislik qilganman, biroq o'sha zarba tufayli “Moviy gvardiya” alamli tarzda mag'lub bo'lgandi.

Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика