So’nggi yangiliklar

22:08U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  4 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  2 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  2 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   3 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  5 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  6 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  3 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  10 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11

Pekin-2008. Vadim Abramov boshqargan terma jamoa qanday qilib Olimpiadaga chiqa olmagandi? Yangiliklar

Pekin-2008. Vadim Abramov boshqargan terma jamoa qanday qilib Olimpiadaga chiqa olmagandi?

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada sari harakatini eslashda davom etamiz.

2008 yilgi Olimpiya o'yinlari 6-23 avgust oralig'ida Pekinda o'tkazilgan. Bunda ham sportning futbol turi bo'yicha 16ta jamoa ishtirok etgan. Osiyoga doimgidek uchta yo'llanma berilgan va bu yo'llanmalar Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiyaga nasib etgan. 

Argentina - chempion! 

2004 yilgi Afina Olimpiadasida Argentina finalda Paragvayni engib chempion bo'lgandi, oradan to'rt yil o'tib oltin medallar yana Argentinaga nasib etadi. Bu safar Messi yurtdoshlari musobaqaning hal qiluvchi final o'yinida Nigeriyadan ustun kelishgan. 

Argentina o'z guruhida Kot-D'Ivuar, Avstraliya va Serbiyani ortda qoldirib, chorak finalda Niderlandiya, yarim finalda esa Braziliyani mag'lub etgan. Mana shu o'yin 3:0 hisobida yakun topgan bo'lib, Serxio Aguero o'z hisobiga ikkita, Xuan Roman Rikelme esa bitta gol yozib qo'ygan. 

Finalda Argentina - Nigeriya bahsi o'tkazilgan bo'lib, bunda Anxel Di Mariyaning yagona goli argentinaliklarga bosh sovrinni taqdim etgan. Bronza medallar uchun kurashda Braziliya Belgiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan.

SHu yili Argentina safida Ezikiel Garay, Pablo Sabaleta, Fernando Gago, Ever Banega, Xuan Roman Rikelme, Anxel Di Mariya, Xaver Maskerano, Lionel Messi, Serxio Aguero kabi keyinchalik jahon yulduzi darajasiga ko'tarilgan futbolchilar oltin medallarga ega chiqqan.


Osiyo qanday natija ko'rsatgan?

Yuqorida Pekin-2008 Olimpiya o'yinlarida Osiyodan uch jamoa qatnashganini aytib o'tdik. Avstraliya o'z guruhida 1 ochko to'plagan bo'lsa, Nigeriya, Niderlandiya va AQSHga qarshi bahs olib borgan Yaponiya har uchala bahsda mag'lub bo'lgan. Janubiy Koreya esa guruh o'yinlarini Italiya, Kamerun va Gondurasga qarshi o'tkazib, 4 ochko bilan qolib ketgan.

Osiyo saralashi

Osiyoda saralash uch formatda o'tkazilgan bo'lib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk bor uchala bosqichda ham ishtirok etgan. SHuni aytish lozim, Pekin-2008 yo'lida Olimpiya terma jamoamizga Vadim Abramov murabbiylik qilgan. Vakillarimiz birinchi bosqichda Tojikistonga qarshi maydonga tushib, har ikkala o'yinni o'z foydamizga hal etganmiz. 

07.02.2007. O'zbekiston - Tojikiston 4:1

Gollar: Sadriddin Abdullaev, 41. Anzur Ismoilov, 47, 48. Odil Ahmedov, 67. 


14.02.2007. Tojikiston - O'zbekiston 0:2

Gollar: Anzur Ismoilov, 27. Marat Bikmaev, 90. 

Har ikkala bahsda g'alaba qozongan futbolchilarimiz ikkinchi bosqichga yo'l olishgan. Ikkinchi bosqichda 24 terma jamoa to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. O'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkazilgan bo'lib, dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo'l olgan. 

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z o'yinlarini Janubiy Koreya, BAA va Yamanga qarshi o'tkazgan va 12 ochko bilan Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi o'rinni egallagan. 


28.02.2007. O'zbekiston - BAA 2:1

Gollar: Nodir Qo'ziboev, 16. Marat Bikmaev, 42.


14.03.2007. Yaman - O'zbekiston 0:1

Gol: Azizbek Haydarov, 46.


28.03.2007. Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:0

18.04.2007. O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:1


16.05.2007. BAA - O'zbekiston 0:2

Gollar: SHavkat Salomov, 37. Farhod Tojiev, 49. 


06.06.2007. O'zbekiston - Yaman 3:0

Gollar: Aziz Ibragimov, 56. Azizbek Haydarov, 64. Muzaffar Umrzoqov, 81. 

Uchinchi bosqich

Olimpiada saralashining uchinchi bosqichida 6ta guruhdan chiqqan 12 jamoa qatnashgan. Jamoalar to'rttadan uch guruhga bo'lingan va guruh g'oliblari Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqqan.

"A" guruhi: Avstraliya, Iroq, KXDR, Livan. 

"B" guruhi: Janubiy Koreya, Bahrayn, Suriya, O'zbekiston. 

"C" guruhi: Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Vetnam. 

Achinarlisi shundaki, O'zbekiston OTJ uchinchi bosqichda birorta g'alabani qo'lga kirita olmagan. Vakillarimiz 3 durang va 3 mag'lubiyat bilan guruhda oxirgi o'rinni band etishgan. Uchinchi bosqichda yana Janubiy Koreya raqib bo'lgan va yakunda ular birinchi o'rin bilan Olimpiadaga yo'l olgan. 


22.08.2007. Januyubiy Koreya - O'zbekiston 2:1

08.09.2007. O'zbekiston - Suriya 0:0 

12.09.2007. O'zbekiston - Bahrayn 1:2

Gol: Sadriddin Abdullaev, 86. 

17.10.2007. Bahrayn - O'zbekiston 2:0

17.11.2007. O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:0

21.11.2007. Suriya - O'zbekiston 3:3

Gollar: Farhod Tojiev 61, penalti. Vagiz Galiulin, 63, 66.


SHunday qilib Pekin-2008 yo'lida uchinchi bosqichgacha etib kelgan olimpiya terma jamoamiz guruhda oxirgi o'rin bilan o'z ishtirokini tugatgan. 

Reyting: -4   

Fikrlar

   
16 apr 23:21:15
Odilbek77
Qanday qilib chiqa olmaganini Abramovni oʻzidan soʻrasangiz, chiroyli qilib tushuntirib beradi.
   
16 apr 17:59:45
Soccerland777
Абрамбой кейинги олимпиаданиям орқасига урган
   
16 apr 17:32:04
I love Kokand
Қандай қилиб? Доимгидек денг
   
16 apr 17:22:50
Jasur/barsa
Xitoy mezbon sifatida Olimpiadada qatnashmaganmi???
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика