Pedroning keyingi manzili aniq. U La Ligaga qaytmaydi
18 iyu 2020 02:35
Yangiliklar


Pedroning keyingi manzili aniq. U La Ligaga qaytmaydi
Londonning "CHelsi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Pedro Rodriges mavsum yakunida APLni tark etadi.
32 yoshli ispaniyalik futbolchi "Roma" bilan kelishib olgani aytilmoqda. Uning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Pedro rimliklar bilan "2+1" sxemasi asosida bitim imzolaydi. Futbolchi yangi jamoasida haftasiga 56 ming funt maosh olishi belgilangan.
Xabaringiz bor, Pedro "CHelsi"da 5 mavsum mobaynida to'p tepdi. U London klubi bilan APL, Angliya kubogi va Evropa Ligasida zafar quchdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar