Pedri jarohati sabab "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
01 okt 2021 20:56
Yangiliklar
Pedri jarohati sabab "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohati sabab La Liganing 8-turida "Atletiko"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Kataloniya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, 18 yoshli futbolchi chap sonidan jarohat olgan. Futbolchining tiklanish vaqti davolanish jarayoni qanday bo'lishiga bog'liq bo'ladi.
Himoyachi Xordi Alba esa jamoa mashg'ulotlariga qaytdi. Oxirgi marta u maydonga 14 sentyabr kuni, "ko'k-anorranglilar" "Bavariya"ga imkoniyatni boy bergan uchrashuvda maydonga tushgandi (0:3).
Eslatib o'tamiz, "Barselona" ertaga, 2 oktyabr kuni "Atletiko" bilan o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar