"Paxtakor" vakillari “Humo” o'yinida faxriy mehmonlar bo'lishdi
16 noy 2019 15:51
Yangiliklar


"Paxtakor" vakillari “Humo” o'yinida faxriy mehmonlar bo'lishdi
"Paxtakor" azolari Oliy xokkey ligasi ishtirokchisi "Humo" jamoasi o'yinida mehmon bo'lishdi.
15 noyabr kuni Toshkentda Xitoyning ORG jamoasi bilan uchrashuvda "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze va futbolchilar Marat Bikmaev hamda Dragan CHeran xokkey bellashuvini ramziy manoda boshlab berishdi. O'yinni kuzatish uchun jamoa azolari va murabbiylar shtabi to'liq tarkibda tashrif buyurishdi va "Humo" jamoasini qo'llab-quvvatlab turishdi. Jamoaning o'yinni kuzatishi mezbonlar uchun omadli keldi va ular 5:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar