"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz "Ximki Kubogi"da ishtirok etishadi
24 mar 2016 11:38
Yangiliklar
"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz "Ximki Kubogi"da ishtirok etishadi
"Paxtakor"ning uch yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari Rossiyada "Ximki Kubogi" xalqaro turnirida qatnashishadi.
2001 (Stanislav Kudryashov), 2002 (Dilshod Nuraliev) va 2005 (Ulug'bek Ro'zimov) yillarda tavallud topgan yosh futbolchilar Rossiyaning Ximki shahrida o'tadigan "Ximki Kubogi" bahslarida ishtirok etishadi. Musobaqa 26 mart kuni start oladi va 31 mart kuni yakuniga etishi ko'zda tutilgan. Unda "Ximki", "CHertanova", "Dinamo", "Zelenograd", "Olimpus" va Rossiyaning boshqa futbol maktablari qatnashishi kutilmoqda.
Fikrlar