So’nggi yangiliklar

17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда  0 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  0 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  0 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  5 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  0 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  4 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  3 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  8 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  8 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2

"Paxtakor" akademiyasining Quvasoyda bo'limi ochildi Yangiliklar

"Paxtakor" akademiyasining Quvasoyda bo'limi ochildi

"Paxtakor" futbol akademiyasi Termiz shahridan keyin Quvasoyda ham o'z bo'limi faoliyatini ishga tushirdi.
Klub sport direktori Grigoriy Ceytlin, akademiya direktori o'rinbosari Valeriy Borodavkin va Quvasoy shahar 1-sonli BO'SM futbol murabbiyi Akbar Siddiqov bo'limning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishdi. Quvasoydagi maktabda barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo'lib, tarbiyalanuvchilar ixtiyorida katta va kichik tabiiy chimli futbol maydonlari, yopiq zal, basseyn, trenajyor zali va sauna mavjud. Ayni paytda uch yosh guruh toifasida 48 nafar tarbiyalanuvchi futbol saboqlarini olmoqda. Endi tarbiyalanuvchilar va guruhlar soni o'sib boradi. "Paxtakor" akademiyasi murabbiylari vaqti-vaqti bilan Quvasoyga tashrif buyurib, zarur maslahatlarni berib borishadi. Tarbiyalanuvchilar zarur sport liboslari bilan taminlab boriladi.

Grigoriy Ceytlin ushbu bo'lim ochilishi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Termiz shahrida ishga tushirilgan bo'lim 2 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Biz akademiya uchun biror hududda bo'lim ochishda u erdagi sharoitlarni hisobga olamiz. Quvasoydagi 1-sonli BO'SMda yoshlarga kerakli sharoitlar yaratib berilgan. Tarbiyalanuvchilarning kelajakda muvaffaqiyatlarga erishishi uchun imkoniyat bor. Ushbu maktab taklifiga ko'ra, barcha holatlarni o'rganib chiqdik. Umid qilamizki, bu bilan Quvasoy shahridagi yoshlarning futbolga bo'lgan qiziqishlarini oshirib bera olamiz. Yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari juda foydali. Akademiyamizdagi mutaxassislar zarur paytda u erga borib, maslahatlar berib turishadi.

"Paxtakor" akademiyasining Quvasoy shahridagi bo'limi rasman faoliyatini boshladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика