So’nggi yangiliklar

17:30"Ньюкасл" - "Арсенал"  0 17:28U19 чемпионати. "Пахтакор" 3 дақиқада киритилган 2та гол эвазига чемпион бўлди  0 17:11Суперлига. "Олимпик" - "Навбаҳор" 1:2  0 17:10Суперлига. "Қизилқум" — "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  3 16:54Суперлига. Жамшид Болтабоевнинг дубли "Навбаҳор"га "Олимпик" устидан ғалаба келтирди  11 16:33Эшитдик-да! "Истиқлол" - "Пахтакор" ўйини нейтрал давлатда эмас Эронда бўлади  3 16:26"Қизилқум" - "Динамо". Асосий таркиблар билан танишинг  0 16:04Акмал Мозговой: "Чемпион бўлишимизга ишонмаганларга: биз буни уддаладик ва қолгани муҳим эмас"  8 16:03Лионель Месси келажакда мураббий бўладими?  2 14:56МЮ 7та сабаб туфайли Аморимни танлаган экан  7 14:06Эшитдик-да! Бекободдан совуқ шамол эсмоқда ёхуд "Металлург"нинг кейинги тақдири қандай кечади?   6 14:05U19 чемпионати. Бронза учун курашда "Олимпик"нинг қўли баланд келди  0 13:57Эшитдик-да! "Навбаҳор" футболчисига Суперлиганинг 4 клуби қизиқмоқда  4 13:42Рўзиқул Бердиевнинг "Насаф" бошқарувига келганидан бери ҳаётимизда нималар ўзгарди?  4 13:15"Реал" футболчисига тарихдаги энг катта маошни таклиф қилишди  0

"Paxtakor" afsonasining farzandi, "Ayntraxt"ning sobiq futbolchisi, qatarlik Saloh. U-23 Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz kimlar? Yangiliklar

"Paxtakor" afsonasining farzandi, "Ayntraxt"ning sobiq futbolchisi, qatarlik Saloh. U-23 Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz kimlar?

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi raqiblarini tahlil qilamiz.

1 iyun kunidan boshlab O'zbekistonda bo'lib o'tadigan yoshlar (23 yoshgacha) Osiyo kubogi start oladi. Musobaqa Temur Kapadze shogirdlari guruh bahslarida Qatar, Eron va Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi. 

“Championat.asia” tahririyati raqiblar tarkibini o'rganib chiqdi. Quyida ular haqida eng qiziqarli faktlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Qatar

2020 yilda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogida Qatar terma jamoasi Yaponiya singari guruhda qolib ketadi. Mazkur guruhni esa Saudiya Arabistoni va Suriya terma jamoalari muvaffaqiyatli yakunlab, pley-offga yo'l oladi.

Qatar U-23ning barcha futbolchilari o'z vatanlarida to'p tepadi. Ayni paytda jamoa tarkibida Evropada futbol talimini olgan bir qator ijrochilar bor. Gap Yusuf Ayman, Abdul-Rashid Ibrohim va “Saloh” laqabli – Saloh Zakariya haqida ketmoqda. Ularning barchasi Belgiyaning “Eupen” klubida bir yilga yaqin vaqt davomida birga bo'lishgan, keyinchalik faoliyatini qolgan qismini Qatarda davom ettirishmoqda. Yana bir futbolchi Ali Mal Alloh Ispaniyaning “Kultural Leones” klubi akademiyasida tahsil olgan. 

Qatar terma jamoasida nafaqat o'zining Salohi, balki Yaqin SHarq uchun noodatiy "Andrey" ismli futbolchi ham bor. Andrey Syaxputra indoneziyalik bo'lib, Qatarning "Al-Garafa" klubida to'p tepadi.


Tranfermarkt malumotlariga ko'ra, Ahmad Al Ganehi Qatar yoshlar terma jamoasidagi eng qimmat futbolchi (450 000 evro) hisoblanadi. U xuddi Andrey Syaxputra kabi "Al-Garaf" sharafini himoya qiladi.  Joriy mavsumda hujumchi Al Ganexi klub safida barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Qatar terma jamoasining umumiy qiymati 3,5 million evroni tashkil qiladi.



Ayni vaqtda terma jamoa bosh murabbiyi chililik Nikolas Kordova hisoblanadi. Futbolchi sifatida CHili terma jamoasi safida 5 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Kordova faoliyatining ko'p qismini Italiyada o'tkazgan. U erda “Bari”, “Breshiya”, “Askoli”, “Parma” va “Livorno” klublarida to'p tepgan. Statistik malumotlarga qarasak, Kordova A va B seriyalarda 250 dan ortiq o'yin o'tkazgan (42 gol va 12 golli uzatma).

Nikolas Qatar U-23 terma jamoasini 2020 yildan beri boshqarib kelmoqda. Avvalroq u CHilining 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilari, shuningdek, CHili va Peru klublarida ham faoliyat yuritgan. Ayni damda Kordoba “Al Rayyan” jamoasini ham bosh murabbiy vazifasida ham faoliyat ko'rsatadi. 

Qizig'i shundaki, "Kordoba"ga qadar Qatar yoshlar terma jamoasini Alen Perrin (“Lion”, “Sosho”, “Portsmut”, “Sent-Eten”, Xitoy terma jamoasi) va Ko Adrianse (“Ayaks”, AZ Alkmaar, “Portu”, “RB Zalcburg”, “Tvente”) kabi mutaxassislar boshqargan.


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi qatarlik tengdoshlariga qarshi to'rt marta o'ynab, ikkita g'alabaga erishgan. Ulardan eng yirik hisobi 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida (6:0) qayd etilgan. O'shanda terma jamoamiz safida Jaloliddin Masharipov, Bobur Abduxoliqov, Dostonbek Hamdamov, Javohir Sidiqov va Ikromjon Aliboev kabi futbolchilar gol urishgan. Mazkur terma jamoalar o'rtasidagi bir uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan bo'lsa, yana bir bahsda qatarliklar zafar quchishgan, - 0:1.


Eron

Diqqat qiling, 2020 yilgi Osiyo kubogida Eron terma jamoasi O'zbekistonga qarshi o'ynagan. Uchrashuv durang (1:1) bilan yakunlandi. Terma jamoamiz safidagi yagona gol Islom Qobilov tomonidan kiritilgan. Mazkur turnirda O'zbekiston va Janubiy Koreya guruhda etakchi bo'lishgan holda keyingi bosqichga yo'llanma olgan bo'lsa, Eron va Xitoy esa muddatidan oldin turnirni tark etgan. Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinlarning umumiy statistikasi taxminan Qatar bilan bir xil: 4ta uchrashuv, 2tasida O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozongan, 1tasida Eron va yana bir uchrashuv durang bilan yakunlangan.

Eron yoshlar terma jamoasining eng qimmat futbolchisi – Yasin Salmoniy (650 ming evro) bo'lib, u o'z vatanida “Sepaxon” safida to'p tepadi. Aprel oyida Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichida “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan. SHuningdek, Salmoni Eron milliy terma jamoasiga ham chaqirilgan.



SHuningdek, Ali Kalmarzi, Ëdgor Rustami kabi futbolchilarga ham etibor qaratish lozim. Kalmarzi Niderlandiyada tug'ilgan va “Roda" yoshlar jamoasida bir muddat o'ynagan. Rustami 2022 yilning yanvar oyidan beri Polshaning “Pogon” jamoasi sharafini himoya qilib keladi.

Eron yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi borasida alohida to'xtalib o'tish lozim. CHunki jamoani Eron futboli afsonasi – Mehdi Mehdavikia boshqarmoqda. O'n yildan ko'proq vaqt davomida u Bundesligada "Ayntraxt", "Bohum" va "Gamburg”  kabi klublarida o'ynagan. SHuningdek, u Eron terma jamoasida 111 ta o'yin o'tkazgan. Mehdi o'tgan yildan beri Eron yoshlar terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Ilgariroq u "Gamburg" klubi tizimida, aniqrog'i yoshlar jamoalariga masul bo'lib tajriba to'pladi. 


Mehdavikiyaning yordamchisi gollandiyalik Yon Lammers. Ushbu qahramonimiz ham “Ekcelsior”, “Vittes” va “Eidenhoven” kabi klublarda ishlagan. Qizig'i shundaki, Jon "Ayntraxt"da to'p suradigan Sem Lammersning amakisidir .(uning huquqi "Atalanta"ga tegishli).

Mehdavikiyaga qadar Zlatko Kranchar Eron yoshlar terma jamoasini boshqargan. Sobiq murabbiy faoliyatiga etibor qaratsak, Zagrebning “Dinamo”, “Sepaxon”, shuningdek, Xorvatiya va CHernogoriya terma jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan. U shuningdek, "Portsmut", "Tottenxem", "KPR" va Kievning "Dinamo" klublarida o'ynagan Niko Krancharning otasi hisoblanadi.

Eron yoshlar terma jamoasining umumiy qiymati 4,8 million evroni tashkil qiladi. O'zbekiston terma jamoasi tarkibi esa ulardan biroz qimmatroq (4,9 million evro).


Turkmaniston

Turkmaniston yoshlar terma jamoasi haqida gapirganda, avvalo, jamoa bosh murabbiyi - Ahmed Agamurodovni alohida takidlash lozim. Uning otasi Tachmurod Agamurodov o'zbek klublariga begona emas. U uzoq vaqt davomida O'zbekiston klublariga ustozlik qilgan. Eng yaxshi ko'rsatkichlarni esa Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan erishgan: to'rtta chempionlik, uch marta mamlakat kubogi va ikki marta OCHL yarim finaliga chiqqan. Kichik Agamurodov 25 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlab, otasi kabi murabbiylik sohasiga qadam qo'ydi. 



Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Turkmaniston yoshlar terma jamoasining barcha futbolchilari faoliyatlarini o'zlarining yurtida davom ettiradi. Futbolchilarning umumiy narxi 220 ming evroni tashkil qilmoqda. Eng qimmat futbolchi Rasul CHariev (75 ming evro) bo'lib, u bugungi kunda “Ahal” klubi sharafini himoya qilmoqda. U allaqachon bir qancha yosh futbolchilar qatori Turkmaniston milliy terma jamoasiga ham chaqiruv olgan.

Qizig'i shundaki, yaqinda “Ahal” Turkmaniston yoshlar terma jamoasining bir qator futbolchilari bilan Qatarning “Al-Garafa” klubini mag'lub etdi (4:2). Bu Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan o'rin olgan o'yinda yuz berdi. Mazkur bahsda Qatar yoshlar terma jamoasi vakillari - Andrey Syaxputra va Ahmad Al Ganexi ham maydonga tushgan edi. 



Mazkur musobaqa Turkmaniston yoshlar terma jamoasi uchun debyut hisoblanadi. Bunga qadar ular  23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etmagan. 2000 yilgi Olimpiya o'yinlari saralashida O'zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari ikkita o'yin o'tkazgan. Mazkur qarama-qarshilikning dastlabkisida O'zbekiston terma jamoasi o'z maydonida g'alaba qozongan (3:0), mehmonda durang (1:1) o'ynagan.

Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика