Modrich "Real"ga qaytishi mumkin
08 avg 2025 11:53
Yangiliklar
Modrich "Real"ga qaytishi mumkin
"Milan"ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich "Real"ga qaytishi mumkin, ammo yangi ampluada – murabbiy sifatida.
Bu haqda futbolchining "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan so'nggi uchrashuvidan olingan ichki malumotlarga tayanib, "Defensa Central" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Modrich futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng futbolda qolish istagini bildirgan. Xususan, uning niyati – o'zini murabbiylik sohasida sinab ko'rish. Peres o'z navbatida bu g'oyani qo'llab-quvvatladi va butsalarini mixga ilganida Lukaga "Real" akademiyasidan ish joyi berishni vada qildi. Shuningdek, u Modrich Zinedin Zidan, Raul va Xabi Alonso kabi klub afsonalari yo'lidan borishi mumkinligini qo'shimcha qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar