Mojaro davom etadi. Ter Shtegen "Barselona" shifokorlarini uyiga kiritishdan bosh tortmoqda
08 avg 2025 10:12
Yangiliklar
Mojaro davom etadi. Ter Shtegen "Barselona" shifokorlarini uyiga kiritishdan bosh tortmoqda
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Bordoda o'tkazilgan operaciyadan so'ng “Barselona” shifokorlarini o'z uyida qabul qilishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Sport.es.
Kataloniyaga qaytgandan so'ng, "Barselona" shifokorlari ter Shtegenning shaxsiy uyiga tashrif buyurishni va uning tiklanish jarayonini shaxsan tekshirish istagini bildirganida, darvozabon qatiyan rad etgan. U hech qanday holatda klub shifokorlariga sog'lig'ini tekshirish uchun uyiga tashrif buyurishiga ruxsat bermasligini aniq aytdi.
Avvalroq, kataloniyaliklar intizomiy ish yuzasidan nemis futbolchisi sardorlik bog'ichidan mahrum qilinganini rasman elon qilgandi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" nemis darvozaboni 4 oyga safdan chiqqani uchun uning o'rniga yangi darvozabon Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazishni reja qilgandi. Ammo 33 yoshli darvozabon bundan bosh tortdi va o'z o'rnini bermaslikka qaror qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar