So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

JCH yilida PFL rejalarida o'zgarishlar bo'lishi mumkin: tashkilot 3 ta variantni ilgari surdi Yangiliklar

JCH yilida PFL rejalarida o'zgarishlar bo'lishi mumkin: tashkilot 3 ta variantni ilgari surdi

Kelasi yil O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.

"O'z navbatida, Liga taqvim reja ishlab chiqayotganda mazkur masalani inobatga olishi lozim. 

Shu yilning 31 iyul sanasiga qadar biz FIFA ish rejasiga futbolchilarni rasmiy musobaqalar uchun ro'yxatdan o'tkazish davrini yuklashimiz lozim edi. Shundan kelib chiqib, 2026 yilgi mavsum uchun qishki transfer oynasi shu yilning 5 dekabr sanasida ochilib, u kelasi yilning 20 fevraliga qadar davom etishi belgilandi. Navbatdagi yozgi transfer oynasi esa 22 iyundan boshlab 24 iyulga qadar davom etadi. 

Malumki, kelasi yilning 1-9 iyun sanalari FIFA kunlari sifatida belgilab qo'yilgan. Mundial esa 11 iyun kuni start olib, 19 iyulga qadar davom etadi. Musobaqaning guruh bosqichi 27 iyun kuni yakuniga etadi. Shundan kelib chiqilsa, O'zbekistonda iyun oyida davomida odatdagi tartibda rasmiy uchrashuvlar o'tkazishda cheklovlar bo'lishi mumkin. Reglamentga ko'ra, milliy terma jamoaga uch va undan ortiq futbolchisi jalb etilgan klub rasmiy uchrashuvni ko'chirishni so'rab Ligaga murojaat qilishi mumkin. Ayni vaqtda qaysi klub bilan bunday holat yuz berishi Ligaga malum emas. Qolaversa, terma jamoa ustozlari iyun oyidagi FIFA kunlarida kengaytirilgan tarkib bilan mashg'ulot o'tkazishi ehtimoli mavjud. Jahon chempionati davom etayotgan bir vaqtda milliy chempionat o'yinlarini o'tkazish esa mantiqqa to'g'ri kelmaydi.  

Shundan kelib chiqilsa, bizda uch variant mavjud: 

• "Superliga va Pro liga reglamenti" 10.9-bandiga o'zgartirish kiritish hamda iyun oyidagi FIFA kunlari davomida hech bo'lmaganda O'zbekiston Kubogi musobaqasini davom ettirish hamda o'rtadagi katta tanaffus muddatini biroz qisqartirish (Afrika Millatlar Kubogiga 3 nafardan ko'proq futbolchisini yuborgan APL klublari rasmiy uchrashuvlarda davom etadi);

• iyun-iyul oylarida katta tanaffus elon qilib, mavsumni avgust oyidan boshlab davom ettirish va Kubok formatiga o'zgartirish kiritish; 

• iyul oyining ekvatoridan boshlab mavsumni davom ettirish, katta tanaffus muddatini biroz qisqartirish va barcha musobaqalarni o'z formatida qoldirish. 

Mazkur masalalar Liga va klublar ishtirokidagi yig'ilishda o'zaro hal qilinadi. Shu xususda Liga bir qator mutaxassislar, jumladan, Ro'ziqul Berdiev, Mirjalol Qosimov, Timur Kapadze, Vadim Abramov kabil mutaxassislar fikri bilan qiziqdi. Va albatta qolgan klublar ham bu borada o'z takliflari bilan ishtirok etadi. 

Ayni vaqtda 2026 yilgi mavsum uchun ishchi taqvim reja ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko'ra musobaqa fevral oyining so'nggi kunlarida start olishi va may oyi yakuniga qadar Superliganing 15 ta tur uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqaning start olishida "Nasaf" va "Andijon" klublarining o'zi ishtirok etayotgan xalqaro musobaqalar guruh bosqichidagi ehtimoliy muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizligiga etibor qaratiladi. Shuningdek, yozgi transfer oynasi ochilgunga qadar Superliganing teng yarmi ortda qolishiga etibor qaratiladi. 

Mazkur holatda Kubok formatini o'zgartirishga ehtiyoj tug'iladi. Unga ko'ra, guruh bosqichi bekor qilinadi, Superliga va Proliga klublari 1/16 finaldan etiboran qo'shiladi. Bunda har bir bosqichda jamoalar faqatgina bitta o'yinda maydonga tushadi, mag'lub jamoa musobaqani tark etadi. Boisi, mavsumning ikkinchi yarmida ham xalqaro taqvimning zichligi ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 

Jumladan, FIFA kunlari shu vaqtga qadar 9 kunni tashkil qilgan bo'lsa, 2026 yilning sentyabr va oktyabr oyiga reja qilinishi kerak bo'lgan FIFA kunlari qo'shib yuborilgan va u umumiy 16 kundan iborat bo'ladi. Shundan kelib chiqib, Superliga klublari bu vaqt oralig'ida qo'shimcha yana 18-20 kunlik tanaffusga chiqishiga to'g'ri keladi. Shularni inobatga olib, Liga taklif qilayotgan taqvimda Superliganing 2026 yilgi mavsumi 30 noyabrga qadar nihoyasiga etishi rejalashtirilgan. O'zbekiston Kubogining yarim finaliga qadar etib kelgan 4 ta klubgina dekabr oyida ham rasmiy uchrashuvlar o'tkazishiga to'g'ri keladi.

Sir emaski, Liga Kubok finallariga so'nggi yillarda katta etibor qaratib keladi. Buning uchun final ishtirokchilari avvaldan aniqlab olinishi va reja shu asosda olib borilishi muhim. Biroq 2026 yilgi ishchi rejada bu biroz murakkab hisoblanadi (Kubok yarim finaliga qadar etib kela olmagan klublarning mavsumni ertaroq yakunlashi masalasi ham bor). Shundan kelib chiqib, yarim final va finaldan joy olgan umumiy 3 ta bellashuv markazlashgan tarzda — final bosqichi maqomida o'tkazilishi mumkin. Yani, yarim finalga qadar etib kelgan barcha 4 ta klub final bosqichi uchun bir shaharda to'planadi. Finalga oid tadbirlarning barchasida mana shu klublar umumiy ishtirok etadi, bundagi barcha masalalar Liga tomonidan olib boriladi. 

Mazkur mavzu jamoatchilik muhokamasi uchun qo'yilayotgan bo'lib, avgust oyi yakunida Liga barcha klublar ishtirokida yig'ilish o'tkazadi va yuqoridagi masalalarni ular bilan kelishadi. Klublar o'z taklifini ishlab chiqishi uchun etarli vaqt bo'lishi, shuningdek, kelasi yilga mo'ljallangan taqvim Associaciyada ham tahlil qilinib, tashkilot bu borada o'z fikr va mulohazalari bilan ishtirok etishi Liga uchun muhim hisoblanadi. Bu, o'z navbatida, Associaciya milliy terma jamoaning kelgusi yil uchun rejalarini tezroq ishlab chiqishi va ehtimoliy shoshilinch o'zgarishlarga yo'l qo'yilmasligida asqatadi", – deyiladi xabarda.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
04 avg 17:25:41
Jons
Mundial uchun nima qilsa ham mumkin PFL ga, e'tirozlarga o'rin yo'q. Diyor harakat qilmoqda.
+1   
04 avg 14:59:33
Uzb 2018
Juda katta mablagʻ kerak kuz bahor tizimi uchun.
Bemani fikr

   
05 avg 08:09:21
Samarkanets
Assalomu alaykum hammaga! Kuz baxor tizimi bizni iqlimimizga umuman to'g'ri kelmaydi buni Diyor Imomxo'jayev faktlar bilan isbotlab bergan, keyin stadionni buzib Dom qurayotgan ba'zi bir davlat amaldorlari bunaqa katta harajatli tizimga hayotda yo'l qo'ymaydi
   
05 avg 00:09:21
Азим Исмаилов
Qiziqarli G'aroib foydalanuvchining fikriga javob berish
Kuz Baxor taqvimiga o'tishimiz kerak buni amalga oshirishni ayni payti
Куз Бахор тизимига якин 100 йилда утилмайди
Оддий мисол хозирга кадар бухоро хоразм пахтакорни уйнайдиган майдони йук кишда колганларини хам уйнайдиган стадион булмайди нима чемпионат мактабнинг залида уйнатиладими???
   
04 avg 17:06:54
Фарход
Эксперимент тарикасида синаб куриш мумкин. ( Бахор - Куз ) лекин мундиал йилида эмас, негаки бизни футболистлар урганганган хозирги бахор - куз системасига . Мана хозирги пайтда 14 та жамоа катнашса буларди суперлигада и муаммо булмасди, . Утган мавсум пролигадаги 3-4-5-6 урин олган командаларни тикмаслик керак эди.
   
04 avg 14:28:00
Qiziqarli G'aroib
Kuz Baxor taqvimiga o'tishimiz kerak buni amalga oshirishni ayni payti
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика