So’nggi yangiliklar

19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  0 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6

Pavlyuchenko Eron – Rossiya o'yini oldidan: “Tojikiston va O'zbekistonga qarshi bahslardagi nursiz duranglar hafsalani pir qiladi. Ammo…” Yangiliklar

Pavlyuchenko Eron – Rossiya o'yini oldidan: “Tojikiston va O'zbekistonga qarshi bahslardagi nursiz duranglar hafsalani pir qiladi. Ammo…”

“Tottenxem”, “Spartak” kabi jamoalar sobiq azosi Roman Pavlyuchenko Eron – Rossiya bahsiga o'z taxminini bildirdi.

“Barcha rossiyalik ishqibozlar uzoq kutgan o'yin – termamiz va Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi. Biroq, Karpin shogirdlaridan yirik g'alaba kutmayapman. Eron etarlicha kuchli.

Rossiya termasi oxirgi o'rtoqlik o'yinlarida muxlislarni xursand qila olmadi – Tojikiston va O'zbekiston bilan 0:0 lar hafsalani pir qiladi. Biroq, Karpin o'sha o'yinlarga ko'plab yoshlarni jalb qilishga qaror qildi. Hozir esa tarkib tajribali o'yinchilardan yig'ilgan.

Ammo Eronga past baho berib bo'lmaydi. Jamoa Qatardagi mundialda shunchaki ishtirok etmadi. U erda jamoa hatto Uelsdan (2:0) ustun kelishga erishdi. G'alinoyi jamoasining o'yinini ko'rdim, ancha jiddiy raqib.

Agar asosiy o'yinchilar, jumladan Sardor Azmun (biroz jarohati bor) Eron termasida bo'lsa, Rossiyaga oson bo'lmaydi. Bundan tashqari, termamiz xalqaro musobaqalarda anchadan beri ishtirok etmayapti va 1 yildan oshiqroq muddat davomida kuchli raqiblar bilan o'ynamayapti, Eron esa kuchlilar qatorida.

Qolaversa, Karpin jamoasining bir qancha asosiy o'yinchilari jarohati tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi. SHu tufayli, o'yinda g'olib aniqlanmasa kerak deb o'ylayman”, degan Pavlyuchenko.

Eslatib o'tamiz, Texronda o'tadigan bahs 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика