O'zilning agenti: "Mesut "Arsenal"da baxtli"
16 apr 2020 15:12
Yangiliklar


O'zilning agenti: "Mesut "Arsenal"da baxtli"
"Arsenal" xavbeki Mesut O'zilning agenti mijozining klubda baxtli ekanligini aytdi.
"Futbolda hech nimani bilib bo'lmaydi. Birinchi navbatda siz hech qachon o'yinchilarning transferini taxmin qila olmaysiz.
Men buni oldin ham aytganman va yana qayta aytaman, u "Arsenal"da juda baxtli. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi bor va hech qanday o'zgarish yo'q.
Bitim muddati tugagandan so'ng nima bo'lishini kutamiz, ammo hozircha hech narsa deya olmayman", - deydi O'zilning agenti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar