O'zil musulmonlarni qo'llab-quvvatlash uchun 101 ming dollar xayriya qildi
04 may 2020 11:08
Yangiliklar


O'zil musulmonlarni qo'llab-quvvatlash uchun 101 ming dollar xayriya qildi
Oldinroq, "Arsenal" yarim himoyachisi klubda maosh qisqarilishidan bosh tortgan edi.
Xabarlarga ko'ra, Mesut O'zil musulmonlarni qo'llab-quvvatlash uchun 101 ming dollar miqdorida xayriya qildi. Mablag'lar ramazon oyida barcha pulga muhtoj bo'lganlar uchun berildi. O'zil pulni Turkiyaning Qizil Xoch jamiyati orqali yubordi.
Mesul O'zil oldinroq "Arsenal"da maoshlar kamayishiga qarshi chiqqan edi. Futbolchi London klubida haftasiga 350 ming funt maosh oladi.
Futbolchi klub moliyaviy jihatdan yomon ahvolda emas, shunchaki pulni tejamoqchi degan fikrda. SHunga o'xshash gapni uning agenti ham aytgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar