So’nggi yangiliklar

21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  0 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  16 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  14 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  2 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  5 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  1 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0 16:10"Бенфика" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олишни режалаштирмоқда  2 15:43Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси ОЧЛ ҳал қилувчи финал баҳсини бошқаради  10

"Navbahor"ning "yashirin" yulduzi - Superliga, Samvel Babayan, tasodifiy natija va keyingi rejalari haqida Yangiliklar

"Navbahor"ning "yashirin" yulduzi - Superliga, Samvel Babayan, tasodifiy natija va keyingi rejalari haqida

Bu yil tarkibdagi ijrochilar, sifatli futbolchilarni o'zida jamlash borasida "Navbahor" etakchi bo'ldi.

 Darhaqiqat, har bir chiziqda yaxshigina raqobat yuzaga keldi. Ayniqsa yarim himoyada eng kuchlilari jamlandi. Jamshid Iskanderov, Yovan Jokich, Jamshid Boltaboev katta hajmdagi ishni bajarib berishdi. Jamshid Boltaboev hujumlarni qaytarish, oldingi chiziqqa to'pni etkazib berish, kerakli pallada qanotda ham paydo bo'ldi. Qaysidir manoda maydondagi "yashirin" yulduz bo'ldi. Uning mavsum yakunlari va keyingi rejalari borasidagi fikrlari bilan qiziqdik. 


- Qiziq holat shuki, ketma-ket ikkinchi yil ikki hil jamoa bilan chempionat kumush medallariga ega chiqdingiz. Yana bir bog'liqlik tomononi, "So'g'diyona" ham, "Navbahor" ham o'z tarixida ilk bor ikkinchi o'rinni egalladi. Bu teng darajali jamoalar ekanligidanmi?

- Mutlaqo to'g'ri. "So'g'diyona" va "Navbahor" bilan bir hil natija qayd etish tasodif, deb o'ylayman. Ammo siz aytganingizdek, jamoalarning darajasi bir hil emas. "So'g'diyona"da boshqacha o'yin yo'lga qo'yilgan. "Navbahor"niki farq qiladi. Futbolchilarning darajasida ham tafovut bor. Joriy yilgi chempionat avvalgisiga nisbatan qiyiroq o'tdi. Agarda o'tgan yilgi "So'g'diyona"ni bu mavsumga qo'yib ko'rsak, balki ikkinchi o'rinni olmagan bo'lar edik. 

- Mavsum boshida siz bilan suhbatlashganimizda barcha qiyinchiliklarga tayyor ekanligingizni aytgandingiz...

- O'ziga ishongan har qanday futbolchi bosim va raqobatdan qo'rqmaydi. Qanday jamoaga kelayotganimni bilganman. Kimlar bilan raqobat qilishimni aniq edi. 

- Kumush medal jamoaga berilgan munosib bahomi?

- Umumiy oladigan bo'lsak, yangi futbolchilardan yig'ilgan jamoa uchun bir yil ichida ikkinchi o'rinni olish yaxshi natija, deya olaman. Kubokda ham, chempionatda ham g'oliblikka yaqin keldik. Qaysidir uchrashuvda yo'qotilgan 2 ochko bizga pand berdi. SHunisiga ham shukur. Bu yilgi xatolarni takrorlamasak, keyingi yil natijamizni yaxshilay olishimizga ishonaman. 

- Superligadagi intriga jamoalar kuchayganidanmi yoki tenglashganidanmi?

- Menimcha, ko'p jamoalar kuchaygani hisobiga oxirgi turgacha kurash kechdi. Favorit yoki autsayderga ajratadigan payt emas. To'g'ri qaysidir klubda tarkibidagi ijrochilar kuchliroq bo'lishi mumkin. Jahon chempionatida ham buning isbotini ko'ryapmiz. Germaniya, Ispaniya, Braziliya kabi termalar kutilmagan mag'lubiyatlarga uchramoqda. Bu degani zo'r tayyorgarlik ko'rib istalgan jamoaga qarshi o'ynay olasiz. Superligada "Navbahor"ga hattoki pastki o'rindagi jamoalar yaxshigina qarshilik ko'rsatdi. Bor kuchini sarfladi. Bunday o'yinlar chempionatimiz saviyasini o'stirishi tabiiy. 

- CHempionlikni hal qilgan so'nggi turda futbolchilar, murabbiylar Toshkentdagi uchrashuv natijasidan xabardor bo'lib turdimi?

- SHaxsan meni xabarim yo'q edi. AGMK bilan uchrashuvning ikkinchi bo'limi o'rtalariga kelib muxlislar jim bo'lib qolishdi. Sezdimki, "Paxtakor" o'z o'yinida g'alaba qozonyapti. Agarda shu kuni "sherlar" ochko yo'qotayotgan bo'lganida namanganlik muxlislar nafaqat stadionni, butun shaharni oyoqqa turg'azishardi. 

-  Natija ko'rsatish ko'proq yaratilgan sharoitlarga bog'liqmi yoki murabbiyga? 

- Birinchi o'rinda murabbiyga, ikkinchi o'rinda yaratilgan sharoitga. Murabbiy o'ziga ishonib natija qayd eta olishini rahbariyatga tushuntirsa, ishontira olsa klub ham yaxshi sharoitlar qilib beradi. Samvel Babayanni natija keltira oladigan murabbiy, deb bemalol ayta olaman. Bu inson bilan birinchi marotaba ishlayotganim yo'q. 7-8 yoshimdan beri taniyman. 

- 2023 yilni qaerda o'tkazish borasida yakuniy qarorga keldingizmi? Navbatdagi mavsumga rejalaringiz qanday?

- Hozir oilam davrasida dam olmoqdaman. O'zgarishlar bo'lmasa, katta ehtimol bilan keyingi mavsumni "Navbahor"da boshlasam kerak.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика