So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

O'zbekning mard otasi xotirasiga bag'ishlanadi Yangiliklar

O'zbekning mard otasi xotirasiga bag'ishlanadi

31 oktyabr kuni To'raqo'rg'ondaman. Toshkent terma jamoasi bilan finalda, Farg'ona VTJsiga qarshi maydonga chiqishimiz kerak.

 O'yin soat 10:00ga belgilangan. Biroz kechikadigan bo'ldi, soat 10:10larda xunuk xabar eshitdim, Odilni otasi o'tib qolibdilar...


Oyog'imga titroq keldi, bir burchakka borib o'tirib oldim. Odilni o'zi 4 kun avval chempionatini tashlab, hasta bo'lib qolgan otasini oldiga oshiqib kelgandi. Legionerlikning azobli tomonlari mana shunda, chetdan katta pul topayotgandek ko'rinadi-yu, kerak paytda oilasini boshini silay olmaydi.



Olim amaki bilan ancha oldin tanishgan edik. Albatta, Odil bahona. Lekin ko'p ham suhbatlarini olmaganman. Ko'p ko'rishardik, salom-alikdan keyin biroz hol axvol so'ralgach, o'z ishimni qilardim. Buni sababi bor edi, bu insonni salobati katta edi. SHunday insonlar bo'ladi, ko'ziga qaray olmaysiz. Qo'rqqaningizdan emas, salobati yuqori ekanligidan. Har bir gapingizni o'ylab gapirishingiz kerak bo'ladi. Mirabror Zufarovich ham shunday insonlardan edi. Odamlar hayiqib turardi, hurmat qilganidan albatta. 2019 yil bahorda Boysunga borganimda, "Omonxona" dam olish maskanida Olim amakini ko'rib qolgandim. Har yili tog'ni so'lim joyida dam olib ketardilar. Qo'llarida "Futbol Ekspress" gazetasi. O'sha kuni ilk marotaba uzoq gaplashdim. Bu inson 4 o'g'il va bir qizni halol mehnati bilan katta qildi. Oilada moliyaviy muammo bo'lsada, haromga aralashtirmadi. Farzandlarini to'g'ri yo'ldan ketishiga zamin yaratdi. O'zlari yoshlikda juda yaxshi to'p tepganlar, ammo u paytlar futbol bugungidek oila boqadigan darajada rivojlanmagan edi. 5 nafar farzandning manfaati yo'lida sevimli kasb o'zgardi. 


Ahmedovlar oilasining muvaffaqiyatining asosiy ustuni bo'lgan ota, 18 yoshida adolatsizliklar tufayli futbolni tashlab yubormoqchi bo'lgan Odilga kuch bag'ishlay oldi. "Paxtakor"dan tushgan taklifga ishonqiramay qaragan Odilga, - bu senga berilgan imkoniyat, deb uni yana bir bor poytaxtga yuborgan inson, bu Olim ota edilar. Aynan ularning qarori tufayli, O'zbekiston bugungi sardoriga ega bo'ldi. O'zi emay, o'g'liga oyoq kiyim olib bergan inson ham shu mo'tabar ota edi. Buni nafaqat Odil, balki Yoqub, Komil va Azimlar ham unutishmadi. Ota doim hurmatda bo'ldilar, onaxon bilan umrilarining oxirigacha bir yostiqqa bosh qo'yib, farzand va nabiralarni duo qilish bilan o'tdilar. Ularning uylariga kelgan hech bir muxtoj bo'lmadiki, yordamsiz qaytgan. 5 farzandning bari, bugun oilali, farzandli bo'lib ketishgan bo'lsada, oiladagi so'nggi gap bari-bir Olim otada bo'lib qoldi. Bejizga ota oila ustuni emas, aynan shu oilada mana shu narsaga ko'p guvohi bo'lganman. Har bir o'zbek oilasida aslida shunday bo'lishi kerak. O'zimni oilam ham huddu shunday.



Ota bu dunyodan armon bilan o'tdilar. O'zbekiston terma jamoasini hammadan ham ko'ra JCHga chiqishini u kishi istardi. Terma jamoamizning barcha uy o'yinlarida do'stlari bilan kelardilar. Bironta o'yin bo'lmadiki, so'nggi 12 yilda ularsiz o'tgan. "Navbahor" o'yinlari ham otaning nazaridan chetda qolmasdi. O'zlari og'ir yotgan bo'lsalarda, "Navbahor" mag'lubiyatga uchragani uchun Azimni urishib ham berdilar. Mana shunday futbol jonkuyari edilar. O'zbekiston JCHga chiqa olmagan har 4 yilda qattiq azobga tushardilar. Biz muxlis va jurnalistlardan farqli ravishda, ularning alamlari ikki hissa bo'lardi. Lekin kishini xursand qiladigan tomonlari ham yo'q emas. Futboldagi alamlar, turmush tarzidagi farog'at bilan yuvib yubordi. O'z paytida juda katta qiyinchilik ko'rgan odam, so'nggi o'n yilni o'zgalarga yordam berish bilan o'tkazdi. Doimiy exsonlarga bosh qosh bo'ldi. Barcha farzandlariga, atrofida yordam so'rab keladigan insonlarga imkon qadar yordam berishi kerakligini uqtirdi va bu ishlar amalga oshdi ham. Juda ko'plab insonlar farzandlarni duo qilarkan, ota va onasini doimiy eslab ketishardi. - Otangga rahmat! Bu so'zlar doimiy quloqlarda jarangladi. SHu kungacha, barchadan rahmat eshitib kelgan Olim otaning, barchangiz nomingizdan, o'zlarining otalariga rahmat deyman! Yaxshi insondan, yaxshi zurriyod qoladi. Bu dunyoda barcha qilgan ezgu ishlari, farzandlarining bugun qilayotgan xayrli ishlarining ajrini u dunyoda olishlari uchun ham, bugun muborak juma kuni ibodatga chiquvchilar, shu inson haqqi-hurmati, duoingizda eslab keting! Mana shunday otalar borki, biz bormiz!


Joyingiz jannatda bo'lsin!

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика