So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  23 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  8 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

O'zbekistondagi U-19 Osiyo chempionati 4ta stadionda o'tkaziladi. Ular orasida "Paxtakor" yo'q Yangiliklar

O'zbekistondagi U-19 Osiyo chempionati 4ta stadionda o'tkaziladi. Ular orasida "Paxtakor" yo'q

Xabaringiz bor, shu yil oktyabr oyida mamlakatimiz U-19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

"Bir necha daqiqa avval OFK bilan videokonf bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, O'zbekiston mezbonlik qilishi kerak bo'lgan Osiyo chempionati U-19 sanalari o'zgarishsiz turibdi. Musobaqa 14—31 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Uning uchun "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Navbahor" va AGMK stadionlari tanlab olingan.

O'zPFL ishchi rejasiga ko'ra, mana shu oraliqda Coca Cola Superliganing 3 ta tur uchrashuvlari o'tishi mumkin. SHundan kelib chiqib, biz birinchi davra o'yinlarining 4 tasida jamoalarning uy-safar holatini o'zgartirishni so'rab murojaat qildik. Bu bilan 14—31 oktyabr kunlari davomida "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Navbahor" va AGMK klublarining safarda to'p surishlariga erishishimiz mumkin", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida.

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. Ushbu jamoamiz 5 iyundan Toshkentda yig'in boshlashi haqida xabar bergan edik.
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика