O'zbekistondagi U-19 Osiyo chempionati 4ta stadionda o'tkaziladi. Ular orasida "Paxtakor" yo'q

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2020, 15:22
Xabaringiz bor, shu yil oktyabr oyida mamlakatimiz U-19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

"Bir necha daqiqa avval OFK bilan videokonf bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, O'zbekiston mezbonlik qilishi kerak bo'lgan Osiyo chempionati U-19 sanalari o'zgarishsiz turibdi. Musobaqa 14-31 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Uning uchun "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Navbahor" va AGMK stadionlari tanlab olingan.

O'zPFL ishchi rejasiga ko'ra, mana shu oraliqda Coca Cola Superliganing 3 ta tur uchrashuvlari o'tishi mumkin. Shundan kelib chiqib, biz birinchi davra o'yinlarining 4 tasida jamoalarning uy-safar holatini o'zgartirishni so'rab murojaat qildik. Bu bilan 14-31 oktyabr kunlari davomida "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Navbahor" va AGMK klublarining safarda to'p surishlariga erishishimiz mumkin", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida.

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. Ushbu jamoamiz 5 iyundan Toshkentda yig'in boshlashi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia