Shveytsariya 72 yil ichida ilk bor jahon chempionati chorak finaliga chiqdi

8 iyul 2026, 09:55
AQSHda bugun JCH-2026ning 1/8 final bosqichidagi so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi va unda Shveytsariya terma jamoasi Kolumbiyani penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag'lub etdi (asosiy va qo'shimcha vaqt - 0:0).

Shu tariqa, shveytsariyaliklar oxirgi 72 yil ichida ilk bor chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Ular so'nggi bor bu bosqichga 1954 yili - o'z uylarida o'tgan mundialda yetib borishgan edi. Shveytsariya va Avstriya o'rtasidagi o'sha chorak final uchrashuvi jahon chempionatlari tarixidagi eng sermahsul o'yin sifatida tarixga kirgan.

O'shanda avstriyaliklar 7:5 hisobida g'alaba qozonishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com