O'zbekiston xalq hofizi tashrif buyurgan uchrashuvdan FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
26 okt 2017, 13:39
Kecha Oliy liga 26-turining dastlabki qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi.

Unda peshqadam "Lokomotiv" "Qo'qon-1912"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Quyida ana shu uchrashuvdan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.

Oliy Liga, 26-tur

25 oktyabr, chorshanba

"Lokomotiv" – "Qo'qon-1912" 3:0 

Toshkent, "Lokomotiv" stadioni (1093 tomoshabin)

Gollar: M.Xolmuhammedov avtogol (9), M.Bikmaev (42), S.Shoahmedov (63)



"Qo'qon-1912" boshlang'ich tarkibi.


"Lokomotiv" boshlang'ich tarkibi.



Uchrashuvni tomosha qilish uchun O'zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov ham tashrif buyurdi. So'nggi yillarda stadionlarimizga ko'zi ochiq muxlislar deyarli kelmay qo'ygan bir paytda bunday holatni ko'rib xursand bo'ldim.



O'yinda mana shunday keskin kurashlar tez-tez sodir bo'ldi.



Hakamlar payqamay qolgan holat.



Standart vaziyatlarda bunday manzarani ko'p uchratish mumkin.



Kecha O'zbekiston ichki ishlar idoralari xodimlari kuni edi. Fursatdan foydalanib, mamlakatimizdagi barcha Ichki ishlar xodimlarini kechagi bayramlari bilan butun tahririyatimiz nomidan muborakbod etamiz.



"Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ukol olib maydonga tushgan bo'lsada Filip Rayevac faol harakat qildi.


 

Ignatiy Nesterov ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli darvozabon ekanligini kecha yana bir bor ko'rsatib qo'ydi.



"Temiryo'lchilar" futbolchilari o'z gollarini Ichki ishlar xodimlariga bag'ishlashdi. Buni Marat Bikmaev o'z golidan keyin boshlab bergan bo'lsa, Sanjar Shoahmedovning golidan keyin butun jamoa bu ishni birga bajardi.



Osmonimiz hamisha musaffo bo'lsin!


"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTOGALEREYA


Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia