O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Kraystcherch shahrida mashg'ulotlarni boshladi
29 may 2015 19:23
Yangiliklar


O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Kraystcherch shahrida mashg'ulotlarni boshladi
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida o'z mashg'ulotlarini boshladi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati "F" guruhida ishtirok etadigan O'zbeksiton yoshlar terma jamoasi 1 hamda 2 tur o'yinlarini aynan Kraystcherchda o'tkazadi. Bungacha Velington shahrida yig'in o'tkazgan Ravshan Haydarov jamoasi 28 may kuni Kraystcherchga etib keldi va mashg'ulotlarini boshladi.
Takidlash joiz, 30 may kuni "F" guruhi vakillari joylashgan mehmonxonada 4ta terma jamoa rasmiylari va menejerlari ishtirokida miting bo'lib o'tadi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvi 1 iyun kuni Gonduras yoshlar terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 09:00da boshlanadi.

Fikrlar