
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati "F" guruhida ishtirok etadigan O'zbeksiton yoshlar terma jamoasi 1 hamda 2 tur o'yinlarini aynan Kraystcherchda o'tkazadi. Bungacha Velington shahrida yig'in o'tkazgan Ravshan Haydarov jamoasi 28 may kuni Kraystcherchga yetib keldi va mashg'ulotlarini boshladi.
Takidlash joiz, 30 may kuni "F" guruhi vakillari joylashgan mehmonxonada 4ta terma jamoa rasmiylari va menejerlari ishtirokida miting bo'lib o'tadi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvi 1 iyun kuni Gonduras yoshlar terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 09:00da boshlanadi.