O'zbekiston U-19 ikkinchi o'yinda Armaniston bilan durang o'ynadi
14 iyu 2014 21:32
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 ikkinchi o'yinda Armaniston bilan durang o'ynadi
1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Erevan shahrida Armaniston U-19 yoshlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Armaniston poytaxti Erevan shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 14 iyun kuni Armaniston U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining o'yindagi yagona goliga Eldor SHomurodov 53-daqiqada mualliflik qildi.
Malumot uchun, ikkala terma jamoa o'rtasidagi ilk o'rtoqlik o'yini 12 iyun kuni o'tkazilgan va unda 2:0 hisobida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi g'alaba qozongan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Myanmada tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
O'rtoqlik uchrashuvi.
Erevan. 14 iyun
Armaniston (U-19) – O'zbekiston (U-19) - 1:1
Gol: Eldor SHomurodov (53)

Fikrlar