So’nggi yangiliklar

15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  0 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  6 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  1 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  1 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  3 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  19 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  11 11:40"Роналдунинг гол нишонлаши футболдан ташқарига ҳам чиқиб кетди..."  10 10:15"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди  7

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining U-20 Osiyo Kubogidagi asosiy ko'rsatkichlari Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining U-20 Osiyo Kubogidagi asosiy ko'rsatkichlari

InStat tahliliy portalini o'rganib chiqamiz.

U-20 Osiyo Kubogi yakunlandi. Allaqachon terma jamoamizni oltin medallar uchun taqdirlashdi, Championat.Asia esa turnir yakunlarini chiqarishda davom etadi. Nikolay Egorichev InStat tahliliy portalini o'rgandi va sizlar uchun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan bog'liq asosiy raqamlarni to'pladi.

• O'zbekiston U-20 terma jamoalarning umumiy o'yin sifatini ko'rsatadigan (240) InStat Index bo'yicha eng yaxshi bo'ldi. Oddiyroq qilib aytganda, terma jamoamiz turnirdagi eng sifatli futbolni ko'rsatdi. Yaqinroqda Janubiy Koreya (203) va Yaponiya (201) joylashgan.

• SHu bilan birga, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 42 ta xavfli vaziyat yaratgan bo'lsa ham, atigi 4 ta to'p kiritdi – vaziyatlar bo'yicha turnirdagi eng yaxshi natijalardan biri. Bu vaziyatlardan foydalanishning past darajasi (10%)ni ko'rsatadi. Bundan tashqari, jamoamiz 105 bor raqib jarima maydonchasiga kirdi (turnirdagi eng yaxshi ko'rsatkich).

• Jamoamiz aldab o'tish va uning sifati bo'yicha yaxshi natijani qayd etdi – 199 bor urinish (o'yin davomida 23 ta) va 57%i muvaffaqiyatli. Ammo birinchi o'rinda chorak finalda terma jamoamizdan mag'lub bo'lib, turnirni tark etgan Avstraliya turibdi (o'yin davomida 33 ta aldab o'tish, 63%i muvaffaqiyatli).

• O'zbekiston U-20 terma jamoasi uzatmalar soni va aniqligi bo'yicha eng yaxshilar qatoriga kirdi (2600 uzatma, 80%i aniq). Faqatgina ko'proq kombinacion futbolni Yaponiya (3220, 85%) va Janubiy Koreya (3117, 83%) o'ynadi.

• O'zbekiston U-20 terma jamoasi turnirda to'p olib qo'yish bo'yicha eng yaxshilardan bo'ldi – 246 urinish va 42%i muvaffaqiyatli. Iroq muvaffaqiyatliroq to'pni olib qo'ydi, ammo kamroq unga kirishdi (184, 64%).

• Abbos Fayzullaev InStat Index (226) ko'rsatkichi bo'yicha turnirning eng yaxshi o'yinchilari qatoriga kirdi. SHuningdek, unda Iroq vakili Ali Jassim Elaibi (226), koreyalik Kan Jin Son (225) va Yaponiya terma jamoasining ikki vakili Koday Sano (223) va Sota Kitano (220)ni ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Fayzullaevda muhim paslar (21) bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich ham bor.

• Jahongir O'rozov o'yin davomida o'rtacha (5,8) yuqoridagi kurashlar soni bo'yicha uchinchi bo'ldi. SHu bilan birga, bir yo'la 92% urinish muvaffaqiyatli bo'ldi.

• Fayzullaev turnirda darvozaga eng ko'p zarba yo'lladi (20 urinish), shu bilan birga, atigi 1 ta gol. Bu O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'yinida ko'p narsa Abbosning individual harakatlariga bog'liq bo'lganini ko'rsatadi. Po'latxo'ja Xoldorxonov darvozaga tomon 14 bor zarba berdi va 1 ta gol urdi. Yakun – ikkisida 34 urinishdan atigi 2 ta to'p. Taqqoslash uchun, 5 ta to'p bilan turnirning eng yaxshi to'purari bo'lgan yaponiyalik Naoki Kumata raqib darvozasi tomon atigi 9 ta zarba yo'llagan.

• Turnirda to'pni eng ko'p Po'latxo'ja Xoldorxonov (78) yo'qotdi. Abbos Fayzullaev uchinchi o'rinda (55).

• Behruz Asqarov muvaffaqiyatli to'p olib qo'yishlar soni bo'yicha turnirda eng yaxshi bo'ldi. Unga Mahmud Muhammadjonov (28) yaqin joylashgan. Jahongir O'rozov to'pni qaytarish (43) soni bo'yicha U-20 Osiyo Kubogida eng yaxshilardan biri bo'ldi.

Yakunda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo Kubogida yaxshi o'yin ko'rsatdi deyish mumkin. Ammo Ravshan Xaydarov jamoasi yakunlovchi bosqichda jiddiy ishlashiga to'g'ri keladi: katta miqdorda vaziyatlar yaratilmoqda, ammo ulardan foydalanish shunchalik pastki, yoshlarda Jahon chempionatida jiddiy muammolar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, o'yinchilar juda ham individual salohiyatga tayanishmoqda. Mudofaaga kelsak, bu borada O'zbekiston U-20 terma jamoasida barchasi joyida.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика